Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- AHMAD AL-FARG`ONIY
USTOZLARNI HURMATLASH BAYONIDA Har bir inson uchun o’z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini ado etish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to’ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi. Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi. Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar va vazifalar sari yo’l ko’rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o’ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el ichida o’ylab, butun kuch va imkoniyatingni ishga solishadi. Muallim va ustozning vaqatlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu biron nimani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan qayta so’rashing zarur. Muallim va ustozing nima so’rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so’zlarni saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko’cha-ko’yda ularni ko’rib qolsang, ta’zim bajo qil, qo’lingni ko’ksingga qo’yib salom ber. (140 so’z) AHMAD AL-FARG`ONIY Ahmad al -Farg`oniyning to`liq ismi Abul Abbos Ahmad Ibn Muhammad Ibn Kasir al-Farg`oniydir. U VIII asr oxilarida Qo`bo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. Qo`va shahri o`sha davrning madaniy-ilmiy markazlaridan bo`lgan, 20 yoshgacha Qo`va shahrida yashab, shu yerda ta`lim oladi. Uning nomi o`sha davrlardanoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif etiladi. Ahmad al-Farg`oniy nomi ko`p o`tmay shunchalik e`tibor qozondiki, 30-35 yoshlarda uni “Tinchlik shahri” d eb atalgan Bag`dodga “ Bilim uyi”, ya`ni ‘Xizonat-al hikma” yoki “Bayt –ul hikmat” ga taklif etishadi. Uning ko`pchilik asarlari Ma`mun huzurida yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur “Kitob javome’ ilm an nujum val - harakat as- samoviya” (“Astronimiaya va sayyoralar harakati “) kitobi ham o`sha davrda yaratildi. 9 Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda Germaniya universitetlarida o`qitila boshlandi. Bu davrda uning mashhur asarlari lotin tiliga, Ya’qub Onaduliy tomonidan ibroniy tiliga o`girildi. Ahmad al- Farg`oniy Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur bo`ldi. Uning qo`lyozmalari dunyo bo`yicha tarqalgandir. Amerikaning Priniston universiteti, Sankt-Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olim qo`lyozmalari mavjudligi ro`yxatga olingan. Al-Farg`oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o`zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo`ladi.(116) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling