Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

HADISI SHARIF 
 
Islom shariatining asosiy manbalaridan ikkinchisi sunnatdir. Sunnat 
Rasulullohdan naql qilingan hadisi shariflar orqali shakllanadi. Hadisi sharifda 
Rasululloh alayhissalomning so`zlari, ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan 
amalga oshirilgan ishlariga munosabatlari haqida hikoya qilinadi. Shu uch xil 
uslubning har biri sunnat deyiladi. 
Hadisi shariflarni yig`ib kitob shakliga keltirish, asosan, payg`ambarimiz 
alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Bu sharafli ish VIII asrga 
kelib keng quloch yoygan. Islom olamining o`sha paytdagi madaniy markazlaridan 
sanalgan shaharlarida hadis bilan shug`ullanuvchi muhaddislar ko`p bo`lgan. Ular 
hadis to`plamlarini tuzishgan. Ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita 
bo`lib, bularni Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom abu Dovud , at-Termiziy , 
Imom an-Nasoiy va Imom ibn- Mojalar tuzishgan. Bu buyuk muhaddislarning to`rt 
nafari turonzaminlik bo`lgani bilan butun islom dunyosi miqyosida faxrlansak 
arziydi.
Muhaddislik shu qadar sharafatli va sermashaqqat ishki, u kishidan zakovat, 
kuch- quvvat, fidoyilik, yuksak iqtidor va kuchli quvvayi hofizani talab qiladi.(100 
so’z)) 
QO`SHIMCHAVOYLAR 
 
Bor ekanda, yo`q ekan, qadim va hozirgi zamonda uchta aka-uka 
qo`shimchalar yashagan ekanlar. Ularning ismlari o`ziga xos ekan. Birinchisining 
ismi Yasovchibek, ikkinchisiniki O`zgartiruvchibek, uchinchisiniki Shakl hosil 
qiluvchi ekan. Kunlarning birida ulardan bittasi shunday debdi: ”Nega bizni 
odamlar qo`shimchalar deb atashadi? ” Shunday deb ular xafa bo`lib o`tirishganda, 
O`zak , So`z, Negizvoylar kelib qolibdi. Ulardan biri gap boshlabdi: ” Biz so`zning 
asosiy qismimiz, sizlar esa qo`shimchalar”,- deb maqtanibdi. Shunda bechora 
qo`shimchalar battar o`ksinibdilar va, hatto, yig`lab ham yubordilar. Shu payt asta-
sekin davraga Gap xola kelib qolibdi. Aka – ukalar unga voqeani aytib berishibdi. 


10 
O`zak, Negiz, So`zlar qo`shimchalarni ajratib qo`yishibdi. Shunda gap xola 
ularning oldiga borib , avval O`zakdan :
-Qani, O`zakvoy, bergan topshirig`imni bajardingmi, menga bir necha gap tuzib 
bergin, degandim, - debdi. 
Shunda O`zakvoy darrov qo`shimchalarni izlabdi, ammo Gap xola ularni 
axtarib hech qayerdan topa olmabdi. O`zakvoy har qancha urinmasin, gaplar, 
so`zlar ma`nosiz chiqibdi. Shunda So`z, O`zak, Negizlar Gap xolaga yalinib, uzr 
so`rashibdi. Gap xola esa ularni kechiribdi. So`ng O`zakvoy Qo`shimchalar bilan 
birga bo`lib, bemalol gaplar tuzibdi, she`rlar to`qibdi. (118 so’z) 
VATAN QAYG`USI 
Yotsam tushimda, uyg`onsam yonimda, ko`z yumsam, miyamda, ko`z ochsam, 
qarshimda mungli bir xayol kelib turardi! 
Ey mungli xotin, sen kimsan ? Ey g`amli ona, nechun mungdan ayrilmaysan ? 
Yonimda, ko`zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan, nechun ketmaysan? 
Qayg`u tutunlari ichra yog`dusiz qolgan ko`zlaring yosh yomg`ilarini nechun 
to`kadur? Zulm zanjirlari bilan bog`langan qo`llaring nechun har yonga uzatiladi
nima tilaysan? Oh...bildim...angladim! Sen mening vatanimsan, vatanning mungli 
xayolisan. Yirtim, Turonim, sendan ayrilmoq mening o`limim. Sening uchun 
o`lmoq mening tirikligimdir. 
Yo`q , sen kimsasiz emassan. Mana men. Borlig`im bilan senga ko`mak qilurga 
hozirman. Mana men, chin ko`ngil bilan sening yo`lingda o`lishga rozi. Qof 
tog`lari yo`limga tushsa, do’zax` olovlari qarshimdan chiqsa, yana sen sari 
ketaman. 
Men sening uchun tug`ildim, sening uchun yasharman, sen uchun o`larman. 
(100 so’z) 
( A. Fitrat) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling