Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- VATAN MADHI
SADOQAT
Qadim zamonlarda shunday bir yurt bor ekanki, uning xalqi mehnatkash, podshosi odil, hayoti tinch ekan. Shu bois, boshqa bir mamlakat shohining g`ayirligi kelib, o`sha yurtni bosib olmoqchi bo`libdi. Biroq daf`atan hujum qilishga jur`at etolmay, o`sha yurtga o`z xufiyasini yuboribdi. Xufiya o`sha yurtga boribdi va mulozimlari safiga kiribdi. So`ng o`z mamlakatiga borib, shohiga bu yurtni olib bo`lmaslikni aytibdi. ”Qal`asi mustahkam emas, lashkari ham ko`p emas ”, deb o`zi guvoh bo`lgan voqeani aytib beribdi: Bir kuni o`sha podshoh shikorga chiqqan edi: Men ham, yigitlar ham birga bordik. Podsho uchqur bir kiyik ortidan ot qo`ydi. Shu bois, hammamiz unga ergashdik, biroq kiyik narigi cho`qqiga o`tib ko`zdan g`oyib bo`ldi. Terlab ketgan podsho ro`molcha bilan peshonasini artmoqchi edi, nogahon shamol kelib, ro`molchani daraga uchirib 11 ketdi. Shu sababli qirq yigitning hammasi o`zini tubsiz jarlikka otdi. Qanchasi mayib- majruh bo`ldi, ammo omon qolgan bir yigit ro`molchani olib chiqdi va podshoga topshirdi.. U yurtda bunday yigitlar ko`p, shuning uchun ham bunaqa yurtni yengib bo`lmaydi. VATAN MADHI Vatandan shirinroq narsa yo`q. Axir, odamlar nimaniki muqaddas deb hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sug`orilgan deb bilsa, bularning barini ularga Vatan o`rgatgan emasmi? Mayli, ko`pgina odamlar o`zga yurtlarning qudrati-yu ajoyibotidan zavqlansin, imoratlarning dabdaba-yu vasvasasiga qoyil bo`lsin, lekin hamma Vatanini sevadi. O`zga yurtning behisob mo`jizalarini ko`pchilik ko`rgan, ammo hech kim ularga mahliyo bo`lib o`z yurtini unutib qo`ygan emas-ku?! Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shaharlarga teng qilishni so`raydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqir-u ko`rimsiz bo`lsa- da, faqat o`z Vatanini tanlaydi. Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar hamma joyda eng katta jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida Vatandan badarg`a qilishni belgilab qo`yishgan. Axir, janglarda safda turganlar uchun eng oliy, eng ulug` xitob –Vatan uchun jangga undaydigan xitobdir. Bu xitobni eshitgan hech bir odam undan bo`yin tovlashni o`ziga munosib bilmaydi-da . Negaki, ” Vatan” so`zi hurkak odamga ham jasorat bag`ishlaydi. Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling