Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Oʻqituvchining pedagogik mahorati


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Oʻqituvchining pedagogik mahorati: 
•Oʻqituvchi qiyofasi, dars berishdagi mustaqilligi, fikrining toʻliqligi, bilim darajasi. 
• 
Oʻzini va sinfni boshqara olishi, intizomni yoʻlga koʻyish. 
• 
Oʻquvchil ar bilan muomalasi, pedagogik takti
• 
Oʻqituvchi nutqi ravonligi; 
Darsga umumiy baho berish va xulosalash 
• 
qoʻyilgan maqsad va taʻlim tarbiyaviy vazifani amalga oshirishi; 


35 
• 
oʻquvchil ar qanday yangilikka erishdilar
• 
qanday bilimlar tizimlandi ; 
•darsda qoʻyilgan vazifalarning (taʻlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) bajarilishi ; 
• 
oʻqituvchi faoliyati (taʻlimiy va tashkiliy taʻlim maqsadi, vazifalari) usullariga javob bera 
oladimi ? 
• 
oʻqituvchining qaysi xislatlari ijobiy; 
• 
oʻqituvchining sizga yoqmagan tomonlari
• 
darsni tashkil etishdagi takliflar ; 
• 
darsning umumiy bahosi. 
2.4. Davlat va huquq asoslari darslarida oʻquvchilarning mustaqil taʻlimini tashkil 
etish. 
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad, oʻqituvchilarning rahbarligi va nazorati ostida
oʻquvcchiarni oʻquv yili davomida fanlarni uzluksiz oʻrganishni tashki etish, olingan bilim va 
koʻnikmalarni chuqur oʻrganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik koʻrish hamda 
yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab toppish va ularni qabul qilishni shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ishlar referat, slayd, vaziyatli masalalar, test, internet maʻlumotlari koʻrinishlarida
bajariladi.
Davlat taʻlim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib oʻrganish 
vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muаmmolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy 
asoslarini amaliy koʻnikma darajasida oʻzlashtirib boʻlishda mustaqil taʻlimning roli beqiyosdir. 
Oʻquvchilarga mustaqil taʻlimni bajarish yuzasidan fan oʻqituvchil ari tomonidan metodik 
tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil taʻlim turlari – rang-barang va 
turli elektron koʻrinishlari – fan oʻqituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. Oʻquvchilar sinf 
xonalarida oʻqituvchil arning maʻruzasini tinglaydilar. Sinf xonasidan tashqarida o‘quvchi 
darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspektqiladi, uy vazifasi sifatida berilgan topshiriqlarni 
bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o„rganish maqsadida qoʻshimcha 
adabiyotlarni oʻqib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu boʻyicha testlar yechadi. Mustaqil taʻlim 
natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Oʻquvchilarda mustaqil taʻlimning tashkil etish vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta oʻzlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlish; 
2) kerakli maʻlumotlarni izlab topish, oʻrganishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
3) axborot manbalari va manzillaridan samarali foydlanish; 
4) oʻquv va ilmiy adabiyotlar, meʻyoriy hujjatlar bilan ishlash; 
5) elektron oʻquv adabiyotlar va maʻlumotlar banki bilan ishlash; 
6) internet tarmogʻidan maqsadli foydalanish
7) berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilash;
8) maʻlumotlar bazasini tahlil etish; 
9) topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
10) oʻquv xonalarida mustaqil holda ilmiy axborotlarni ola bilish. 
Mustaqil taʻlimni tashkil etishda oʻquvchil arning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu 
jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yonalish sanaladi. 
Oʻquvchilarning oʻquv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki 
umumkasbiy oʻquv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo‘lishda mustaqil taʻlim olish 
koʻnikmalarining shakllanganligi asosiy rol oʻynaydi.
Mustaqil taʻlim olish koʻnikmalariga ularning oʻquv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, 
mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish va bajargan mustaqil topshiriqni masʻul oʻqituvchi va 
guruh oʻquvchilari oldida himoya qila bilish kabi bilim va malakalar kiradi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling