Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Davlat taʻlim standartining maqsadi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Davlat taʻlim standartining maqsadi — umumiy oʻrta taʻlim tizimini mamlakatda 
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor 
tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan 
holda tashkil etish, maʻnaviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
Davlat taʻlim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: 
umumiy oʻrta taʻlim mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash; 
milliy, umuminsoniy va maʻnaviy qadriyatlar asosida oʻquvchilarni tarbiyalashning 
samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
oʻquv-tarbiya 
jarayoniga 
pedagogik 
va 
zamonaviy 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini joriy etish, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining oʻquvchilari va 
bitiruvchilarining malakasiga qoʻyiladigan talablarni belgilash; 
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun taʻlim, fan va ishlab chiqarishning samarali 
integrasiyasini taʻminlash; 
taʻlim va uning pirovard natijalari, oʻquvchilarning malaka talablarini egallaganlik 
darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek taʻlim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning 
huquqiy asoslarini takomillashtirish
davlat taʻlim standartlari talablarining taʻlim sifati va kadrlar tayyorlashga qoʻyiladigan 
xalqaro talablarga muvofiqligini taʻminlash. 
Oʻquv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma, 
darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. 


39 
Darslik — davlat taʻlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturi asosida didaktik, metodik, 
pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari 
toʻliq yoritilgan, uning asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad 
va vazifalaridan kelib chiqqan holda taʻlim oluvchil arning yoshi va psixofiziologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy maʻlumotlardan tashqari amaliy-
tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri. 
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat taʻlim standartlariga 
muvofiq oʻquvchil ar tomonidan egallangan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash hamda 
oʻquv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga 
qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) 
topshiriqlardan iborat boʻlgan didaktik vosita. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling