40
hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini
rivojlantirishga, bilim olishga va
amaliy faoliyat bilan shugʻullanishga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirishga yoʻnaltirilgan
boʻlishi;
oʻquv fani mavzularining oʻquvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda
berilishi, maʻlum faktlar,
tushunchalar, qoidalar va fanlararo bogʻliqlikni hisobga olgan holda
tushunarli bayon qilinishi;
oʻquvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari,
oldin olgan bilimlarini
oʻzlashtirganlik darajasi hisobga olingan boʻlishi lozim.
Estetik talablar:
imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli boʻlishi;
matnlar oʻquvchiga maʻlum ijobiy hissiy taʻsirlarni oʻtkazishi va oʻquv faniga qiziqish
uygʻotishi;
boʻlim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi,
mutanosibligi taʻminlanishi;
rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.
Gigiyenik talablar:
matn va illyustrasiyalar
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos
boʻlishi.
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarda huquqiy
manbalardan foydalana olish koʻnikmalarini shakllantirish
orqali huquqiy bilimlarini
oshirishga, huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga alohida eʻtibor qaratiladi. Oʻquv fanini
oʻrganishda oʻquvchilar huquq manbalaridan foydalana olish, oʻz
huquq va manfaatlarini
qonuniy himoya qilish, huquqiy voqea va hodisalarga oid toʻgʻri xulosa chiqarish,
konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga oʻrgatishdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: