Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
TRENER- oʻquvchil arning koʻnikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar oʻtkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassis. MENTOR
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- INNOVATOR
- SPEKTER
- METODIST
- OʻQUVCHIL AR
TRENER- oʻquvchil arning koʻnikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar oʻtkazuvchi maxsus
tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassis. MENTOR - ustoz, oʻrgatuvchi (yakka va guruhli tartibda). KONSULTANT - maslahat berish, tushuntirish, qoʻshimcha maʻlumot berish. LEKTOR - nazariy maʻlumotlar bilan tanishtiruvchi. EKSPERT - kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish. INNOVATOR - yangiliklarni taʻlim mazmuni va mashgʻulotlar jarayoniga joriy qilish. KOMMUNIKATOR - oʻzaro muloqotlarning sifati va samaradorligini oshirish, takomillashtirish. OʻQITUVCHI- mashgʻulot mavzusi boʻyicha koʻzda tutilgan mazmunni tushuntirish, oʻquv jarayoniga rahbarlik. MENEJER - tashkiliy-pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish. SPEKTER - kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish. ASSISTENT - mashgʻulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qoʻllashga tayyorlash, mashgʻulot ishtirokchil ariga yordam koʻrsatib turish. KOTIB - zarur maʻlumotlarni yozib borish, tegshli xujjatlarni rasmiylashtirish, oʻrnatilgan tartibda saqlash. TEXNOLOG - pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʻminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etib boradi. METODIST - taʻlim-tarbiya metodlari boʻyicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi. KORDINATOR - loyihalar, dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik, ularni amalga oshirishni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etish. OʻQUVCHIL AR - taʻlim oluvchilar. Blended learning (aralash oʻqitish) Oʻquvchi oʻzining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga eng koʻp mos keladigan oʻquv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan xoli emas. Bu ish darsning muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchil ikka bilim koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish jarayonini boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yoʻl qoʻymaydi. Oʻquv amaliyoti va pedagogik tafakkurni takomillashtirish yoʻllarini izlaydi. Bu sohada turli xil koʻrik-tanlovlar, respublika miqyosida oʻtkazilayotgan pedagogik ishlarda ilgʻor oʻqituvchil arning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir. Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim. 1. Har bir dars maʻlum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan boʻlmogʻi lozim. 2. Har bir dars mustahkam gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishga ega boʻlmogʻi lozim. 3. Har bir dars turmush bilan amaliyot bilan bogʻlangan boʻlmogʻi lozim. 47 4. Har bir dars xilma-xil usul uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmogʻi lozim. 5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab undan unumli foydalanmoq lozim. 6. Har bir dars oʻqituvchi va oʻqituvchil arning faolligi birligini taʻminlamogʻi lozim. 7. Darsda oʻquv materialarining mazmuniga oid koʻrsatmali qurollar texnika vositallari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim. 8. Dars mashgʻulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi oʻquvchining individual xususiyatlari ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi. 9. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamogʻi lozim. Oliy oʻquv yurtlarida kadrlar tayyorlash, taʻlim tizimini isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida va yoʻnalishlar boʻyicha bir-biriga yaqin boʻlsada, lekin mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. AQSH fuqarolari Konstitutsiyani, Amerika davlatchil igining asoslari va demokratik tamoyillarni muqaddas deb biladilar va bu tuygʻuni yoshlar ongiga singdirish haqida tinimsiz qaygʻuradilar. Yoshlarda erkin yashashga ishtiyoq, mustaqillikni qadrlash tuygʻusi shakllantiriladi. Har bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir orqa qilishga emas, balki oʻz kuchiga tayanishga oʻrgatiladi. Har bir amerikalikda kelajakka ishonch uygʻotiladi. Bunday tarbiya natijasida faqat oʻz kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singib ketgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari taʻlim tizimi: Amerikada oʻrta taʻlim 12 yil boʻlib boshlangʻich oʻrta va quyi maktablarga boʻlinadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda oʻquvchil arning 88 foizi oʻqiydi. Qo‘shma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili taʻlimga sarflanadi, 12 foiz oʻquvchil ar xususiy maktablarga boradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling