Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Davlat va huquq asoslari taʻlimiga oid sinflar kesimida yaratilgan oʻquv


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

1.3. Davlat va huquq asoslari taʻlimiga oid sinflar kesimida yaratilgan oʻquv 
adabiyotlar va fanga oid yangi nashr qilingan ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili. 
Davlat va huquq nazariyasi darsligi davlat va huquq sohasidagi xozirgi zamon ilmiy 
konseptsiyalarini inobatga olgan xolda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi 
anʼanaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtai nazarlarni ham 
qamrab olgan. Shuningdek, unda Oʻzbekistonda shakllanayotgan demokratik davlatchilik va 
huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar oʻz ifodasini topgan. Davlat va huquqning 
mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va islohotlar davridagi roli jonli tarzda bayon etilgan. 
O‘zbekcha-ruscha-inglizcha yuridik atamalar lug‘ati oliy taʼlim muassasalari talabalar, 
kursantlar, prfessor-o‘qituvchil ari uchun yuridik mavzulardagi adabiyotlarni o‘qish, tushunish 
va tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan atamalarni o‘z ichiga olgan. 
Lug‘at ilmiy xodimlar, tarjimonlar, o‘qituvchilar, akademik litsey, oliy o‘quv yurtlari 
talabalari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda ingliz tiliga qiziquvchi mustaqil 
o‘rganuvchil ar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. 
U. Tadjnxanov, A.Saidov tomonidan yozilgan “Huquqiy madaniyat nazariyasi” 1-tom. 
Ushbu tomda darslikning umumiy qismida huquqiy madaniyat nazariyasi fanining predmeta, 
metodlari, asosiy tushunchalari va tuzilishi bayon etiladi. Shuningdek unda uzbek milliy 
davlatchiligi, huquqiy davlat va huquq asoslari fani doirasida tajribalari, huquqiy madaniyati 
rivojlanishining asosiy tamoyillari, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining huquqiy madaniyat tayanchi 
ekanligi respublika tashqi siyosati madaniyati asoslari yoritib beriladi. 
O.Karimova “Huquqshunoslik” akedemik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik 
kitobidan ham umumtaʻlim maktablarida davlat va huquq asoslari fanlarini oʻqitishda 
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ushbu darslikdagi mavzularda berilgan maʻlumotlar 
oʻquvchil ar uchun foydali va maktabda huquq fanidan olgan bilimlarini yanada 
chuqurlashtiradi. 


44 
Umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda muhim 
omil boʻladigan Ziyodulla Muqimovning “O‘zbekiston davlati va huquqi”, davlat va huquq 
asoslari fanini” Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darsligidir. Mazkur darslik qadimgi 
davrlardan eng yangi Davlat va huquq asoslari fanini davrigacha O‘zbekistonda davlat va 
huquq Davlat va huquq asoslari faniniini o‘rganishga bag‘ishlanib, unda o‘quv kursining 
dasturiga muvofiq hozirgi O‘zbekiston xududida davlat va huquqning vujudga kelishi, o‘ziga xos 
xususiyatlari, qadimgi davrdagi huquq, huquqning yuridik va o‘rganish manbalari, ularning 
asosiy belgilari, Movarounnahr fqiqh (huquq) maktabi, uning yirik vakillari meros qoldirgan 
asosiy asarlarning huquqiy mazmuni ochib berilgan. O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatgan 
davlatlarning tashkil topishning ijtimoiy-siyosiy tuzumining o‘ziga xos xususiyatlari Davlat va 
huquq asoslari fani huquqiy jihatdan yoritib berilgan.
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishning asosiy darsligi sinflar kesimida yaratilgan va 
yangi nashr qilingan 8-sinf “Oʻzbekiston davlati va huquqi asoslari”, 9-sinf “Konstitutsiyaviy 
huquq asoslari” hamda 10 va 11-sinflar uchun “Oʻzbekiston davlati va huquqi asoslari” 
darsliklarining mazmun va mohiyati tayyorlangan taqdimot materiallari orqali ochib beriladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling