56
Interfaol taʻlim-taʻlim jarayoni ishtirokchilarining bilim, koʻnikma,
malaka hamda
muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro
hamkorlikka asoslangan
harakatni tashkil etishga asoslanuvchi taʻlim.
Interfaollik taʻlim jarayoni ishtirokchilarining bilim, koʻnikma,
malaka hamda muayyan
axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro hamkorlikka
asoslangan harakatni
tashkil etish layoqatiga egaliklaridir.
Interfaol taʻlim quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-mashgʻulot maʻruza emas, jamoaning umumiy ishi;
-guruhning tajribasi oʻqituvchining tajribasidan koʻp;
-oʻquvchilar yosh, ijtimoiy mavqei va tajribaga koʻra teng;
-har bir oʻquvchi oʻrganilayotgan muammo yuzasidan oʻz fikrini aytish
huquqiga ega;
-mashgʻulotda oʻquvchi shaxsi tanqid qilinmaydi;
Hozirgi vaqtda oʻqituvchil arning
yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga,
yuksak maʻnaviy-axloqiy
fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega boʻlishi, taʻlim-
tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan
foydalanishi davr
talabi hisoblanadi. Ana shunday interfaol usullardan biri kichik guruhlar bilan ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: