Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
“Keys-stadi” boshqa texnologiyalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
“Keys-stadi” boshqa texnologiyalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
Topish va hal qilish zarur boʻlgan muammoli vaziyatning mavjudligi. Muammoni jamoada muhokama qilish. Muammoning bir nechta yechimlari mavjudligi. Taʻlim oluvchil arning emotsional holatlarini boshqarish mumkinligi. Faoliyatni baholashim koniyati. Keys texnologiyasini tashkil etishda oʻqituvchining faoliyati ikki bosqichdan iborat boʻladi: Birinchi bosqich — keysni va uning tahlili uchun savollarni ishlab chiqish uchun oʻqituvchining ijodiy ishi. Bu bosqich oʻquv mashgʻulotidan oldin amalga oshiriladi va pedagogning ilmiy-tadqiqot, metodik va konstruktiv faoliyatini qamrab oladi. Ikkinchi bosqich — oʻqituvchining auditoriyadagi faoliyati. Bunga oʻqituvchining kirish soʻzi, xulosasi, kichik guruhlarda ishni tashkil etishi, bahs-munozarani boshqarishi, vaziyat tahlili boʻyicha oʻquvchil ar faoliyatini baholashi kiradi. Hamkorlikdagi faoliyatga kirishish. Bu bosqichning asosiy vazifasi hamkorlikdagi faoliyatga boʻlgan motivatsiyani shakllantirish. Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish. Bu bosqichning asosiy vazifasi kichik guruhlarda yoki individual tarzda muammoni hal etish boʻyicha faoliyatni tashkil etish. Har bir guruhda spiker (muammo yechimini taqdim etadigan), kotib (muhokamaning borishini yozib boradigan), vaqt nazoratchisi (vaqt oʻtishini nazorat qiladigan) tanlanadi. Agar keys toʻgʻri tuzilgan boʻlsa bir guruhning yechimi boshqa guruhning javobiga oʻxshamaydi. Oʻqituvchi bahsni tashkil etadi va uni boshqaradi. Keysni bajarish jarayonida oʻquvchil arda quyidagi koʻnikmalar rivojlanadi: Axborotni qabul qilish va qayta ishlash (matnni tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini oʻrnatish, muammoni hal etish yoʻllarini qidirish, axborotni sintezqilish). Kommunikativ (suhbat yuritish, boshqalarni ishontirish, oʻz nuqtai nazarini himoya qilish, boshqalarningxulq-atvorinibaholash, oʻzini nazorat qilish). Refleksiv koʻnikma (oʻzining va boshqalarning fikrini tahlilqilish). Institutsional tizimning izlanishi yoki tanlanishi. Keyslar tipologiyasi Tipologik belgilari Keys turi Asosiy manbalari Bevosita obʻektda olibboriladigan Taʻlim jarayondagi Ilmiy-tadqiqotchilik Syujet mavjudligi Syujetli Syujetsiz Vaziyat bayonining vaqtdagi izchil ligi Oʻtmish va bugungi kunni bogʻlash asosidagi keys Avval boʻlib oʻtgan voqelikka asoslangan keys Istiqbolga yoʻnaltirilgan keys 64 Keys obʻekti Alohida obʻektgayoʻnaltirilgan Tashkiliy-institutsional Koʻp obʻyektli Materialni taqdim etish usuli Hikoya Esse Tahliliy maʻlumot Jurnalistik taftish Hisobot Ocherk Faktlar majmui Statistik materiallar majmui Hujjatlar va ishlab chiqarish namunalari majmui Keys: Komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda Davlat va huquq asoslari fani oldida turgan vazifalar Oʻquvchil arga Keys-stadi uslubida topshiriq berish uchun, eng avvalo ularning mazkur uslubning mazmun va mohiyatini tushuntirish zarur: Keys-stadi uslubining asosiy obʻyekti shaxsga yoʻnaltirilgan boʻlib, mavzu yuzasidan koʻnikma va malakalarni egallashga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga koʻra keys muammolarni taqdim qilish, ularni hal etish, tahlil etish va yangi modelni ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish texnologiyasini yaratish va baholashga yoʻnaltirilgan. Mazkur uslub haqida quyidagi qisqacha maʻlumotga eʻtiboringizni qarating: Keys-stadi (inglizcha case – toʻplam aniq vaziyat, STADI – taʻlim) Keysda bayon qilingan va taʻlim oluvchil arni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yoʻnaltiradigan aniq real yoki sunʻiy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli –vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan taʻlim uslubidir. Keysda bayon qilingan vaziyat institutsional tizimda diskrit(ayni shu) tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan yoki sunʻiy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi inʻikosidan iboratdir. Muammoli vaziyat. Mazkur holda vaziyat subektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat hisoblanadi. Muammoli topshiriqlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish boʻyicha oʻquvchilarga uslubiy koʻrsatmalar Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling