Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Keys: Dars jarayonidagi nizo va uni hal etish yoʻllari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Keys: Dars jarayonidagi nizo va uni hal etish yoʻllari Shu oʻquv yilidan oʻqituvchi sifatida ish boshlagan, buning ustiga yaqinda maʻlum muddat tibbiy davolanishda boʻlib, endigina qaytadan ishga qaytgan Davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi M.Tojiyev 8-sinfda ushbu fanidan maʻruza mashgʻulotini oʻtkazayotgan edi. Tibbiy davolanishda boʻlganligi bois u darsni oʻzi tayyorlagan konspektga qarab tushuntirib berayotgan edi. U mavzuga oid tushunchani doskaga yozayotgan paytida mazkur sinf oʻquvchisi M.Axmedova oʻqituvchining konspektini olib qoʻydi. Oʻquvchilar kulib yubordilar. Bu holatdan oʻqituvchi biroz oʻzini yoʻqotdi-yu, konspekt daftarini M. Axmedova olganligini bilgach, uni sinfdan chiqib ketishini talab qitldi. Oʻquvchi esa, sinfdan chiqib ketishni xohlamadi. Oʻqituvchi undan sinfdan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni darsdan chiqarib yuborilgan qizning onasi nomidan maktab rahbariyatiga shikoyat xati kelib tushdi. Shikoyat xatida oʻquvchi-qizning onasi har qanday holatda ham oʻqituvchi oʻquvchini sinfdan chiqarib 66 yuborgani pedagogik etikaga zid ish ekanligini, oʻqituvchining kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan oʻtkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora koʻrilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qoʻygan edi. Ertasi kuni oʻquv ishlari boʻyicha maktab direktori M.Tojiyevni bu haqida ogohlantirdi. Oʻqituvchi esa direktorga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, oʻquvchi qiz uni obroʻsizlantirganligini aytib qoʻpol munosabatda boʻldi. Bir hafta muddat oʻtib, direktor maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosaridan mazkur masalani maʻnaviy-maʻrifiy ishlar kengashida muhokama qilib, qaror chiqarib berishni soʻradi. Kengash yigʻilishida mazkur masala muhokama etildi. Oʻqituvchilar har qanday vaziyatda ham M.Tojiyevni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Biroq qizning hali bola ekanligini hisobga olib, undan uzr soʻrash haqidagi taklifni kiritishdi. M.Tojiyevga soʻz berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir yetmaganligini, oʻquvchi-qizdan uzr soʻramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat oʻtib, M.Tojiyev maktab direktorining ishdan boʻshamasligi haqidagi iltimosiga qaramasdan, oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etildi. Yuqorida keltirib oʻtilgan vaziyatni tahlil eting. Siz M.Tojiyevning oʻrnida boʻlganingizda qanday yoʻl tutgan boʻlar edingiz? M.Tojiyevning ishdan boʻshab ketishi toʻgʻri boʻldimi? Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti uchun chizma namunasi Muammo Muammoning ildizi Yechim Natija Keys asosidagi oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin. Ochiq muloqotda asosiy omillar oʻquvchilarning koʻnikma va malakalari, oʻqituvchining muloqotni tashkil eta olish qobiliyati sanaladi. Savollarni berish jarayonida oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqatini keys matnidagi aniq axborotga qaratadi, toʻgʻri javob berishga undaydi. Keys matndagi muammoni ajratib olish, vaziyatni baholash, hodisa va jarayonni tahlil qilish oʻquvchilarning kommunikatsion koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling