1-guruh. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalarni
dars mashgʻulotlarida qoʻllash ahamiyati;
2-guruh. Rivojlangan xorij davlatlarida huquq fanining oʻqitilish tajribalari;
3-guruh. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda interfaol metodlardan foydalanish
tartiblari;
4-guruh. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda interfaol metodlardan foydalanishning
ahamiyati.
5-guruh. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda keys mashgʻulotlaridan foydalanish
tartibi.
(2-ish): Guruhlarlarning chiqishlari;
4-bosqich.
(1-ish): Guruhlarda bitta interfaol metod bo‘yicha ma’lum bir mavzuni tanlab, dars
ishlanmasi tayyorlaydilar;
(2-ish): Ishlanmalarning muhokamasi.
5-bosqich. Mavzu bo‘yicha savol-javob o‘tkazish.
1.Huquq o‘qitish metodikasi fanining maqsadi nima?
2.Muammoli taʻlim texnologiyasi qanday texnologiya?
3.Snkveyn metodini tushuntirib bering?
4.Keys texnologiyasi haqida tushuncha bering?
5.Interfaol taʻlim berishning o`ziga xos xususiyatlari nimada?
6.Huquq fani o`qitish metodikasining o`ziga xos xususiyatlarini aytib bering?
6-bosqich. Mustaqil bajarish uchun har bir tinglovchiga mavzu bo‘yicha o‘z xulosalarini
yozib kelish topshiriladi.
3-AMALIY MASHGʻULOT
AMALIY MASHGʻULOTNING MAVZUSI. Ayrim murakkab mavzularni oʻqitish
samaradorligini oshirish omillari (2 soat amaliy mashgʻulot)
3.1.Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishning tashkiliy shakllari, dars, uning turlari va
tuzilishi.
3.2. Davlat va huquq asoslari oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular oʻrtasidagi
aloqalar, didaktik materiallar tayyorlash.
3.3. Dars-oʻquv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli, anʻanaviy va noanʻanaviy
darslar.
3.4. Davlat va huquq asoslari darsiga qoʻyiladigan talablar va mavzularining uzviyligi va
didaktik jihozlanishi, dars rejasi va uning tarkibiy qismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |