Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Oʻquvchilarga yoʻriqnoma
Ish bosqichlari Maslahat va tavsiyanomalar 1.Keys va uning axborot taʻminoti bilan tanishish Inson, guruh va jamiyat feʻl-atvoriga taʻsir qiluvchi omillar, eʻtiqodni shakllantiruvchi uslublar, ekstremizm, fundamentalizm, xalqaro terrozim, missionerlikni mafkuraviy qurolsizlantirish usullari va yoʻllari bilan tanishing, atrofingizdagi voqea-hodisalarni tahlil etishni oʻrganing. Yoshlarni tarbiyalashda siz tanlagan soha mutaxassislari oldida turgan vazifalarni tahlil etishga harakat qiling. 2.Muammoli topshiriqlar bilan tanishish Sizga berilgan topshiriq mazmuni bilan yana bir marotaba tanishib chiqing. Topshiriq tarkibidagi tushunchalar va jumlalarga diqqatingizni jalb qiling. Topshiriq orqali muammoning qaysijihatlarini hal etishga eʻtibor qaratilganligini aniqlang. 3.Muammoli Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb eting. 65 topshiriqni tahlil eting. Asosiy muammo: Komil inson shaxsini tarbiyalab voyaga yetkazish. Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling: Komillik deganda nima tushuniladi? Komil inson qanday asosiy fazilatlarga ega boʻlishi kerak? Nima uchun aynan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish asosiy mezon qilib olinmoqda? Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq sohasi xodimlari oldida turgan birinchi galdagi vazifalarni tahlil eting? Komillik qirralarini tahlil eting va har biriga tavsifnoma yozing. Komil inson gʻoyasi va tarbiya qanday maqsadga yoʻnaltirilganligini koʻrsatib bering. 4.Muammoli topshiriqlarni yechish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash Muammoning yechimini topish uchun “Komil insonni voyaga yetkazishda tarbiya omillari” jadvalini toʻldirishga kirishing. Uni toʻldirishda aniq xususiyatlarni belgilab olishga harakat qiling. Jadvalni toʻldiring. Eng avvalo tarbiyaning usul va vositalarini koʻz oldingizga keltiring va yodda saqlang, tarbiyaga aynan masʻul sohalarninganiq vazifalarini koʻzoldingizdagavdalantiring. “Komil insonni voyaga yetkazishda tarbiya omillari” jadvalini toʻldiring Tarbiyaning usul va vositalari Tarbiyaga turli soha mutaxassislarini masʻulligi Tarbiyadan koʻzlangan maqsad Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va koʻrsatkichlari Oʻquvchilar roʻyhati Tarbiyaning usul va vositalari aniqlangan. – mak. 2 ball. Tarbiyaga turli soha mutaxassislarining masʻulligi va mafkuradan koʻzlangan maqsadlar aniq koʻrsatilgan. – mak. 3 ball. Jami. – mak. 5 ball. Oʻqituvchiga eslatma: guruhlar faoliyatini baholash uchun yuqoridagi jadvalning birinchi ustuniga guruhlar roʻyxati jumlasi qoʻyiladi. Biroq guruhning toʻplagan ballari oʻquvchilarning reyting bali hisobiga kiritilmaydi. Siz oʻquvchiga hamkorlikda ishlash uning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilishini tushuntirishga tayyor boʻling. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling