Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
3.2. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular
oʻrtasidagi aloqalar, didaktik materiallar tayyorlash. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular oʻrtasidagi aloqalar fanini oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, oʻqitishning metod va usullari, natijalari) oʻrtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon boʻladi: oʻrta taʻlim va professional taʻlim tizimida maqsadi, taʻlim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi oʻqitishning mazmuniga, huquqiy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq boʻlishiga bogʻliq boʻlganidek, oʻquvchilarning Davlat va huquq asoslari fanini oʻzlashtirish darajasi ham oʻz navbatida oʻqitishning oʻrganiladigan mavzuning maqsadi, taʻlim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan taʻlim shakllari, oʻqitish metod va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bogʻliqdir. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayoning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi bu oʻzaro dialektik bogʻlanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz taʻsir koʻrsatib boradi. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni eʻtiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib boʻlmaydi. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish deganda, fanni ilmiy va huquqiy materiallar vositasida oʻquvchilarga bilim berish, ularning huquqiy madaniyat ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur boʻlgan jarayon, oʻqituvchi va oʻquvchilarni aqliy (ichki) hamda oʻquv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishni tashkil qilish deganda, fanni oʻqitish va oʻquvchilarni oʻrganishni tashkil etish,ularning oʻrganish faoliyatini oʻqituvchilarni boshqarishiga yordam beradigan usullar, oʻquvchilardagi mavjud bilimlarni ishga solish ularni ijodiy bilishga va vazifalari yoʻnaltiriladigan topshiriqlar sistemasi hamda taʻlimning turlari tushuniladi. Oʻqitishning natijalari deganda esa, fanni oʻqitishning maqsad va vazifalarini, mazmunini muvafaqqiyatli ravishda amalga oshirilishi, oʻquvchilarning davlat va huquq fani asoslarini, huquqiy materiallarga mos samarali usullarni bilish va mazkur bilimlardan foydalana bilish malakalarini oʻzlashtirishlari shu asosda oʻquvchilarning huquqiy tafakkuri, maxsus va umumiy qobiliyatlarini oʻstirish koʻzda tutiladi. 71 Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish maqsadlarini belgilashda, avvalo huquqiy taʻlim va tarbiyaning uzviy birligini, oʻqitish davomida oʻquvchilarning huquqiy-siyosiy saviyasi mutassil oʻsib borishini, ularda koʻnikma va malakalar hosil qilishni hamda ijodiy faoliyatga tayyorlanishlarini nazarda tutmoq kerak. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish metodikasi huquqshunoslik fani bilan uzviy bogʻliqdir. Oʻquvchilarning yangi faktlarni tahlil etish va ulardan zarur xulosalarni chiqarish paytida oʻrgangan bilimlari juda ham mustahkam va ishonarli boʻladi, shuningdek, oʻquvchilar mustaqil fikrlashga oʻrganadi, bu ularni tadqiqot olib borishni dastlabki usullari bilan tanishtirishga yordam beradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling