Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Keysning hujjatlashtirish haqida maʻlumot


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Keysning hujjatlashtirish haqida maʻlumot. 
Keysda bayon qilingan vaziyat institutsional tizimda (shu oʻrinda va keyinchalik - 
korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan 
real yoki sunʻiy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi inʻikosidan iboratdir. Muammoli vaziyat. 
Mazkur holda vaziyat subʻektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf 
soladigan vaziyat tushuniladi. 
Keysning ilmiy pasporti tayyorlanadi va unda albatta ilmiy pasport tayyorlaniladi. 
Maqsadning qoʻyilishi. 
Keysning oʻquv kursi tuzilmasidagi oʻrnini belgilash. 
Uning taʻlim maqsadini toʻliq ifoda etish. 
Keysning oʻquvchil arning taʻlimdagi yutuqlari natijalari uchun “masʻuliyat zonasi”ni 
aniqlash: oʻzlashtirilishi kengaytirilishi rivojlantirilishi lozim boʻlgan bilim, malaka va 
koʻnikmalar roʻyxati. 
Muammo qandaydir harakatlar qilish uchun etilgan zarurat bilan uni amalga oshirish uchun 
shart-sharoitlar yetishmasligi oʻrtasidagi ziddiyatning amal qilishi va ifodalanishi shaklidan 
iboratligi sababli muammoning ifodalanishi ana shu ziddiyatni belgilanadi. 
«Keys-stadi» texnologiyasidan taʻlim natijalarini nazorat qilish va tekshirishda ham 
foydalanish mumkin. Har bir oʻquvchiga imtixondan oldin individual keys beriladi. Oʻquvchilar 
keysdagi topshiriqlarni bajarib, hisobot shaklida oʻqituvchiga topshiradilar. 
Darsga tayyorlanish jarayonida oʻqituvchi oʻquv maqsadlarini hisobga olgan holda har xil 
turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim. 
Keys asosidagi oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish 
imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy hujum", 
bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin. 
Ochiq muloqotda asosiy omillar oʻquvchilarning koʻnikma va malakalari, oʻqituvchining 
muloqotni tashkil eta olish qobiliyati sanaladi. Savollarni berish jarayonida oʻqituvchi 
oʻquvchilarning diqqatini keys matnidagi aniq axborotga qaratadi, toʻgʻri javob berishga 


63 
undaydi. Keys matndagi muammoni ajratib olish, vaziyatni baholash, hodisa va jarayonni tahlil 
qilish oʻquvchilarning kommunikatsion koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. 
Darsga tayyorlanish jarayonida oʻqituvchi oʻquv maqsadlarini hisobga olgan holda har xil 
turdagi keyslarni ishlab chiqishil ozim. 
“Keys-stadi” texnologiyasiga qoʻyiladigan talablar: 
mavzu dolzarb va bir nechta yechimlarga egaboʻlishi; 
tanlangan matn oʻquv mashgʻulotining maqsadiga moskelishi; 
tadqiq qilinayotgan muammoni hal etish uchun axborotning yetarli boʻlishi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling