Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfaol metodlarni qoʻllashda oʻqituvchida quyidagi qiyinchil iklar kuzatiladi
- Ikkinchi qoida
- Beshinchi qoida
Baholash: Hamkorlik jarayonida oʻquvchil ar bir-birlarini kuzatadilar, nazorat qiladilar,
demak baholaydilar ham. Albatta, oʻqituvchi oʻquv jarayonining boshqaruvchisi sifatida hammani kuzatadi, biroq oʻquvchil arning fikr-mulohazalari inobatga olinishi shart. Bu jarayonda har bir berilayotgan baho, maʻlum faktlar asosida tushuntirilishi va izohlanishi kerak. Baholash jarayonida oʻquvchil ar oʻzlari-oʻzlariga baho berishlari ham mumkin. Bu holat ularni tashqaridan oʻzlariga nazar tashlashga, oʻz xattiharakatlarini nazorat qila olishga oʻrgatadi. Interfaol metodlarni qoʻllashda oʻqituvchida quyidagi qiyinchil iklar kuzatiladi: Sinfda ortiqcha shovqinning paydo boʻlishi va bir-birini eshitmaslik; Vaqt yetishmasligi; Tarqatma materiallarni tayyorlash; Yuqoridagi qiyinchil iklarni quyidagi tajribada oʻzini oqlagan yoʻllar bilan bartaraf etish mumkin: Birinchi qoida: Dars boshlanganda hamma oʻquvchi oʻqituvchiga qarab oʻtirishi kerak! Ikkinchi qoida: Guruhda ishlash uchun beriladigan resurslar, vazifa tushuntirilmasdan oldin tarqatilmaydi! Uchinchi qoida: Sinfga vazifa ogʻzaki tushuntirilganda albatta, yozma shakliga ham eʻtibor bering! Toʻrtinchi qoida: Taqdimotga oʻquvchi doskaga chiqqanda oʻqituvchi sinf xonasining oxiriga ketishi kerak. 59 Beshinchi qoida: Interfaol jarayonda (guruhda) oʻquvchi yarim ovozda gapirishi kerak. Buni esa u faqat oʻqituvchidan oʻrganishi mumkin. Demak, biz har kungi darsimizning 5-6 daqiqasini yarim ovozda gapirish orqali oʻquvchil arda koʻnikma hosil qildirish kerak. Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol taʻlim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi, bulardan asosiysi-oʻquvchil arning muloqot olib borish boʻyicha koʻnikma va malakalarini rivojlantiradi, oʻquvchilar orasida emotsional aloqalar oʻrnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, oʻz oʻrtoqlarining fikrini tinglashga oʻrgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini taʻminlaydi. Hozirda taʻlim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri Interfaol taʻlim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan oʻqituvchilari dars mashgʻulotlari jarayonida Interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qoʻllash natijasida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, oʻz fikrini bayon qilish, uni asoslagan hlda himoya qila bilish, sogʻlom muloqot, munozara, baxs olib borish koʻnikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Oʻqituvchining interfaol mashgʻulot jarayonidagi ishining samarasi bir qancha shartlarga boqliq: Birinchi – oʻquvchi imkoniyatlarining berilgan texnologiya (mashq, mashgʻulot, oʻyin, trening) maqsad va vazifalariga (bitta guruhda turli qobiliyat va imkoniyat) mutanosibligi. Tanlangan texnologiyaning maqsadiga qarab oʻqituvchi u yoki bu vazifani bajaradi: tashkilotchi- sardor, kommunikator, kelishmovchil iklarni bartaraf qiluvchi, fasilitator. Ikkinchi – guruh ishtirokidagi oʻzaro munosabatlarni hal etishdagi oʻqituvchining professional tajribasi. Sinkveyn metodini qoʻllash jarayonida oʻquvchilardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta sekin bosqichma-bosqich yoʻnaltirilgan jarayonga aylantirib boriladi. Yaʻni bilimlar mavzuni oʻrganish davomida oʻrganiladi. Muayyan voqelik toʻgʻrisida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun oʻquvchil arda besh imkoniyat mavjud boʻladi yaʻni sikveyn beshqatordan iborat oʻziga xos oqsheʻr (qofiyasiz) boʻlib, oʻrganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa, jarayon, voqea) qatʻiyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali oʻquvchilar oʻz fikrlarini toʻplash, ixcham ifodalash, mulohazalarni sintezlash va mavzu boʻyicha toʻgʻri xulosalarni takomillashtirishga oʻrganishadi. Sinkveyn tuzish tartibi: Birinchi qatorda mavzuga oid shaxs (tayanch tushuncha) bir soʻz (ot) bilan qayd etiladi. Ikkinchi qatorda shaxs ikki sifat bilan ifodalanadi. Uchinchi qatorda mavzuga oid tushunchalar uch soʻz bilan bayon qilinadi. Toʻrtinchi qatorda mavzuga oid fikr (nazariya, fakt)lar toʻrtta soʻzdan iborat boʻlishi lozim. Soʻnggi qatorga mavzu mohiyatini oydinlashtiradigan (yoki maʻno jihatidan yaqin boʻladigan) bitta soʻz yoziladi bu ketma-ketlikni quyidagi chiziqlar boʻyicha loyihalash mumkin. Sinkveyn tuzishga oid dastlabki namunani oʻquvchilar bilan birga quyidagicha tuzish mumkin: Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling