Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Huquqiy madaniyatli boʻlish kompetensiyasi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Davlat va huquq asoslari fanidan yaratilgan oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, ularning tahlili.
2. Huquqiy madaniyatli boʻlish kompetensiyasi
A1 axloq va huquq qoidalariga amal qiladi; fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qiladi; huquqiy koʻnikma hosil qiladi; huquqiy masalalar yuzasidan qonunchil ikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni tuza oladi. A2 voyaga yetmaganlarga oid qonunchil ikda belgilangan meʼyorlarga rioya etadi; oʻquvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi); oʻz xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi; qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz huquq va manfaatlarini himoya qila oladi; korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi. A2+ huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi; huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta oladi. B1 fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi; huquq manbalaridan foydalana oladi; oʻz huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi; huquqiy voqea va hodisalarga oid toʻgʻri xulosa chiqara oladi; korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi toʻgʻrisidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish koʻnikmasiga ega boʻladi; jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi; huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda toʻgʻri qaror qabul qila oladi. 1.2 Davlat va huquq asoslari fanidan yaratilgan oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, ularning tahlili. Bugungi kunda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hozirgi davrning ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadi albatta yoshlarning huquqiy ongi va bilimini qay darajada ekanligiga bog`liqdir. Mamlakatimiz aholisining 65 foizdan ortig‘ni yoshlar tashkil etishini inobatga olsak ularning katta kuch va salohiyatga ega ekaniga guvoh bo`lamiz. Siz uchun “Davlat va huquq asoslari fanidan (8-sinflar uchun oʻquv uslubiy qoʻllanma) qo`llanmasida yoshlarning huquqiy ongi va bilimini oshirishga alohida e`tibor qaratildi hamda Davlat va huquq asoslari fanidan dras beradigan fan o`qituvchilari va iqtidorli o`quvchi yoshlar 43 uchun mo`ljallangan boʻlib, 8-sinf darsligining har bir mavzusi yuzasidan mavzulashgan savollar va javoblar asosida tuzilganligi oʻquvchil arni mavzuga oid boʻlgan savollarga javob topishlari orqali mavzuni mukammal oʻzlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, “Mijozlarning bank hisob varagʻlariga masofaviy xizmatlar koʻrsatish” mavzusidagi qoʻllanma ham Davlat va huquq asoslari fanlarini oʻqitishda bank va bankda hisob kitob qilishning masofaviy shakllari haqida foydali maslahatlar bera oladi. Mazkur qoʻllanma bugungi axborot va texnika asrida muhim ahamiyat kasb etadi. R.J. Ruziyev, V.R. Topildiyev “Fuqarolik huquqi” umumiy qism boʻyicha tayyorlangan oʻquv qoʻllanmada fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, tizimi va manbalari, fuqarolik huquqining subʻyektlari va obʻyektlari, fuqarolik huquqida bitimlar tushunchasi, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va daʻvo muddatlari, mulk huquqi tushunchasi, mulk huquqining mazmuni, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari, mulk huquqining asosiy tamoyillari, mulk shakllari, ashyoviy huquq tushunchasi va turlari, xoʻjalik yuritish va operativ boshqarish huquqi, boshqalarning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi, xususiy va ommaviy mulk huquqi, mulk huquqini himoya qilish, majburiyat huquqi tushunchasi, tizimni, vujudga kelishi, majburiyat subʻyektlari va obʻyektlari, majburiyatlarning bajarilishini taʻminlash usullari, majburiyatlarni bekor bo‘lishi, shartnoma tushunchasi shartnomalarining turlari va ulami tuzish, uni bekor qilish bilan bogʻiq masalalar yoritib berilgan. Oʻquv qoʻllanmadan yuridik oliy oʻquv yurtlarining talabalari, aspirantlari, tadqiqotchilari va shu soha bilan qiziquvchil ar foydalanishlari mumkin. Yuqorida keltirilgan oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarga qoʻshimcha ravishda R.А.Tuzmuhamedov va R.T. Xakimovlar tomonidan yaratilgan “Xalqaro huquq asoslari” oʻquv qoʻllanmasini keltirishimiz mumkin. Mazkur oʻquv qoʻllanmada xalqaro huquqga oid baʼzi asosiy institutlar va sohalarning qisqacha bayonidan iborat. Mualliflar kitobda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi oʻtgan davrdagi xalqaro munosabatlar amaliyotini ham hisobga olishga xarakat qilganlar. Oʻquv qoʻllanma zamonaviy xalqaro huquq masalalari bilan qiziqadiganlarga foyda keltirishdan holi emas. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling