Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi Samarqand viloyati xo’jalik faoliyatining geoekologik vaziyatga ta’sirini o‘rganish, geoekologik vaziyatga taʼsir qiluvchi tabiiy omillar va antropogen taʼsir turlarini aniqlash, xo’jaliik faoliyatida salbiy ta’sir qiluvchi omillar aniqlash va ularni oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tuman hududining geoekologik vaziyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Maqsadga ko’ra quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-hududga tabiiy geografik tavsif bergan holda viloyatda tarkib topgan iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari va unga mos holda tarqalgan o’simlik, hayvonot dunyosini antropogen omillar ta’sirida holatining o’zgarishini o’rganish;
-yuzaga kelayotgan muammolarni sabablarini ko’rsatib o’tish, tahlil qilish;
- geoekologik vaziyatga ta’sir qiluvchi tabiiy geografik omillar va antropogen taʼsir turlarini aniqlash;
-viloyat doirasida texnogen omillarning atrof-muhitga ta’sirini oldini olish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ilmiy yangiligi. - Samarqand viloyatida geoekologik vaziyat, antropogen ta’sir, geotizmlardagi sifat va miqdor oʼzgarishlari va ularning aholi salomatligiga taʼsiri oʼrganiladi va geoekologik xaritalar tuziladi, viloyat xo’jalik faoliyati geoekologik holatga ta’sirini yaxshilash boʼyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Samarqand viloyati xo’jalik faoliyati ta’sirida geotizimlarda o‘zgarish darajasi, tabiat komponentlarining miqdor va sifat jihatdan holati, xo’jalik faoliyat ta’sirida geotizimlardagi o‘zgarishlar antropogen ta’sir o‘rganiladi va geoekologik vaziyat baholanadi.Hozirgi kunda viloyatda, ijobiy ta’sirdan ko’ra salbiy ta’sirlari ko’payib bormoqda. Bu ta’sirlarni ilmiy jihatdan o‘rganish, tahlil qilish, atrof muhitga ta’sirini oldini olish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |