Samdti, Davolash fakulteti 4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida


Download 80.71 Kb.
bet21/23
Sana02.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#193357
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ffff

Klinik manzarasi. Bexterev kasalligi, odatda oʼsmirlar yoki yoshlarda (15-30 yoshlarda) lohaslik, ishtahaning yoʼqolishi, tana vaznining pasayishi, isitmalash, madorsizlik va tez charchash kabi belgilar bilan boshlanadi.

Sakroileit – dumgʼaza-chanoq boʼgʼimlarining ikki tomonlama yalligʼlanishi kasalliknri yetakchi belgisi hisoblanadi. Ushbu kasallik uchun dumgʼaza, dumba, sonning orqa sohalari boʼylab yalligʼlanish ogʼriqlari boʼlgan, bel-dumgʼaza radikulitini eslatuvchi shikoyatlar xos. Bexterev kasalligida umurtqa pogʼonasining bel-dumgʼaza sohasidagi ogʼriqlar ikki tomonlama boʼlib, tunning ikkinchi yarmida kuchayuvchi doimiy xarakterga ega. Koʼpincha dumba mushaklari atrofiyasi, ularning zoʼriqishi kuzatiladi. Kasallikning erta va muhim belgilaridan biri beldagi ogʼriq va karaxtlik hisoblanadi. Ogʼriq ertalab kuchayadi, jismoniy mashq va issiq muolajalardan soʼng kamayadi. Bel sohasida karaxtlik paydo boʼladi. Bel lordozining yassilanishi yoki butunlay yoʼqolishi kuzatiladi. Keyinchalik yalligʼlanish jarayoni umurtqa pogʼonasi boʼylab yuqoriga tarqaladi.

Koʼkrak qismi shikastlanishi koʼpincha qovurgʼalar boʼylab tarqaladigan ogʼriqlar bilan ifodalanadi. Toʼsh-qovurgʼa birikmalari ankilozlari paydo boʼlishi hisobiga koʼkrak qafasi ekskursiyasi keskin kamayadi.

Boʼyin qismi shikastlanganda asosiy shikoyatlar butunlay harakatsizlikkacha olib keluvchi harakatlarning keskin cheklanishi hamda boshni harakatlarida ogʼriq boʼlishiga qaratilgan. Bemor engagi toʼsh suyagiga yetmaydi.

Kasallik rivojlanib borgan sari umurtqa pogʼonasining fiziologik yoyi yoʼqoladi, tilanchi holati (14-rasm) shakllanadi – umurtqa pogʼonasi koʼkrak qismi yaqqol ifodalangan kifozi va boʼyin qismi giperlordozi kuzatiladi. Umurtqa arteriyalari bosilishida bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, koʼngil aynishi, arterial bosimning tebranishlari bilan kechadigan vertebro-bazilyar yetishmovchiligi sindromi aniqlanadi. Umurtqa pogʼonasi sohasi yalligʼlanish jarayoniga reaktsiya sifatida orqa toʼgʼri mushaklari reflektor zoʼriqishi yuzaga keladi. Bunda tananing frontal yuza boʼylab egilishida bukilgan tomonda orqa toʼgʼri mushaklari boʼshashining boʼlmasligi - «kamalak ipi» simptomi kuzatiladi. Koʼpincha jarayonga periferik boʼgʼimlar ham qoʼshiladi. Bexterov kasalligi ushbu shaklini oʼziga xosligi shundaki, periferik artrit uning vaqtinchalik koʼrinishi boʼlishi va keyinchalik yoʼqolib ketishi mumkin.

Ildiz boʼgʼimlar – tos-son va yelka boʼgʼimlarining shikastlanishi xarakterli hisoblanadi. Ushbu boʼgʼimlarning shikastlanishi simmetrik xarakterga ega, asta-sekin boshlanadi, koʼpincha ankilozirlanish bilan tugaydi. Boshqa periferik boʼgʼimlarda yalligʼlanish jarayoni kamdan- kam uchraydi (10-15%). Kasallikning klinik koʼrinishi entezopatiya – tovon suyagining tovon payi va panja orqasi aponevroziga birikkan joyi hisoblanadi.

Bexterov kasalligida yuqorida taʼkidlanganidek vistseral zararlanishlar kuzatiladi. Turli mualliflarni maʼlumotlariga koʼra, 10-30% bemorlarda koʼzdagi oʼzgarishlar oldingi uveit, irit, iridotsiklit koʼrinishida namoyon boʼladi. Bu belgilar kasallikning ilk belgisi boʼlishi mumkin. Koʼpincha retsidivirlar kuzatilib soʼngra sakroileit belgilari yuzaga keladi.

Laborator - asbobiy tekshirishlar. Bemorlarda oʼtkazilgan umumiy qon va biokimyoviy taxlillarda quyidagilar aniqlanadi:


Qon umumiy tahlili - EChT ning 30-60 mm/s. gacha ortishi, lekin kasallik oxirgi bosqichlarida turgʼun meʼyorida boʼlishi mumkin, gipoxrom anemiya;
Qon biokiyoviy tahlili - SRO, sial kislotalari, fibrinogen, alьfa-1, alьfa-2, gamma-globulinlar, seromukoidning oshishi;
Revmatoid omil – manfiy;
HLA-B27 antigenning (81-97 % bemorlarda) aniqlanishi;.
Jarayon faolligining yuqori darajalarida qonda aylanib yurgan immun komplekslar koʼrsatgichi oshishi va qon zardobida M hamda G immunoglobulinlari miqdorini koʼtarilishi kuzatiladi;
Rentgen diagnostikasi. Kasallikni ilk bosqichlarida sakroileitga xos boʼlgan oʼzgarishlar ileo-sakral birikmalarda kuzatiladi (15-rasm). Sakroileit quyidagi bosqichlarga boʼlinadi:
I bosqich – birikma konturlari aniq emas, boʼgʼim yorigʼi kengaygan, yengil subxondral skleroz;
II bosqich – boʼgʼim yorigʼi toraygan, yaqqol rivojlangan subxondral skleroz, yakka eroziyalar;
III bosqich – ileo-sakral birikmalarni qisman ankilozi;
IV bosqich– ileo-sakral birikmalar toʼliq ankilozga uchragan.
Stsintigrafiya. Boʼgʼimlar stsintigrafiyasi uning kasalliklarini maxsus tekshirish usuli boʼlmasa ham, biroq mavjud patologik jarayonlarni tashhislashda ancha sezuvchan hisoblanadi. Ushbu usul bir vaqtning oʼzida butun skeletni tekshirish va artritning rentgen belgilari boʼlmagan boʼgʼimlardagi oʼzgarishlarni ham aniqlashga imkon beradi. Radiofarmakopreparatning (RFP) toʼplanishi uning suyak toʼqimasi qayta qurilish oʼchoqlarida choʼkish qobiliyatiga, yaʼni qaerda suyak toʼsinlari buzilishi va qayta qurilishi boʼlishiga asoslangan. Suyaklar stsintigrafiyasini oʼtkazishda RFP sifatida 99mTs-pirofosfat ishlatiladi. Suyaklarni skanirlash preparat “bolyus” usulida yuborilgandan soʼng 3-4 soat oʼtgach amalga oshiriladi. Kasallikni erta bosqichlarida RFP toʼplanish xarakteri meʼyoriy koʼrsatgichdan farq qilmaydi. Bu bosqichda faqat bir fotonli emission kompьyuter tomografiyasini qoʼllash yordamida ileo-sakral birikmalar sohasida RFP toʼplanishi meʼyoridan birmuncha oshganligini aniqlash mumkin. Biroq bir necha oylardan soʼng (yaʼni, yalligʼlanish oʼzgarishlari bosqichida) ankilozirlovchi spondiloartrit uchun xos boʼlgan quyidagi belgilar aniqlana boshlanadi:
Ileo-sakral boʼgʼimlarda jarayon boshlanganida boʼgʼimlar sohasida gomogen, choʼziq shakldagi oʼchoqlar tarzida RFP ning yuqori toʼplanish zonalari aniqlanadi;
Umurtqalararo boʼgʼimlarda jarayon boshlanganida, stsintigrafiya maʼlumotlariga koʼra ular ancha erta bosqichlarda zararlanadi, «archa (elka)» simptomi – umurtqa pogʼonasi koʼkrak qismida preparatning asta-sekin yuqoridan pastga qarab koʼpayib boruvchi diffuz, notekis toʼplanishi kuzatiladi. Ushbu simptom yuqori koʼkrak umurtqalararo boʼgʼimlari va pastki koʼkrak qovurgʼa-umurtqa boʼgʼimlarida jarayonning erta rivojlanishiga asoslangan. Аnkilozlovchi spondiloartritni tashhislash anʼanaviy rentgenogrammalarda hali aniq belgilar koʼrinmaydigan kasallikni erta bosqichlarida ileo-sakral birikmalar va umurtqa pogʼonasi bel qismini KT oʼtkazish maqsadga muvofiq. Kasallikni klinik belgilari mavjud va RKT maʼlumotlari manfiy boʼlganda skelet suyaklari stsintigrafiyasini Ts99m-pirofosfat yordamida tekshirish lozim.
Etiologiyasi va patogenezi. Kasallik etiologiyasi hozirga qadar oxirigacha oʼrganilmagan. HLA gistomos keluvchi V27 antigeni va yuqumli omil alohida oʼrin tutsa ham kasallikni tanlab yuzaga kelishi aniq ilmiy tushunchaga asoslanmagan.

2. Nospesifik yarali kolit kasalligi diagnostikasi.
Yarali kolitni tashxislashning hal qiluvchi usuli sigmoidoskopiya yoki moslashuvchan endoskop yordamida yaxshi kolonoskopiya hisoblanadi. Yarali kolitning eng muhim va deyarli doimiy belgisi shilliq qavatning engil zaifligi, rektoskop yoki endoskopning tubusini targ'ib qilishda kontakt qon ketishining ko'rinishi. Ko'pincha shilliq qavatning giperemiyasi, burmalarning shishishi, submukozal qon ketish, eroziya, yaralar, psevdopoliplar aniqlanadi. Eroziv-gemorragik yoki ülseratif-gemorragik sindromlar asosan tashxis qilinadi. Endoskopiyada topilgan o'zgarishlar faqat ülseratif kolit uchun o'ziga xos deb hisoblanmaydi, ular ichak patologiyasining boshqa shakllarida ham qayd etiladi. Shunga qaramay, ülseratif kolitning to'g'ri tan olinishi kontakt qon ketishi, eroziya va yaralarni asta-sekin qayta tiklash, hatto faol terapiya bilan ham yordam beradi.
3. Anafilaktik shokda tezkor yordam.
SamDTI, Davolash fakulteti

4- son  ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida

"Tasdiqlangan"

Kafedra mudiri,

v/b Xoljigitova M.B.

« » 20 yil

Bayonnoma №

Bilet №17



  1. Podagra klinikasi va labarator uzgarishlar.

P bu siydik kislatasi qonda kupayib tuqimalarga chukishdan kch

Spertnoy va puringa boy ovqatlar

Klinikasi

1Utkir p artirit

2.xujayralararo po

Curunkali po artirit

Cur tofusli podagral


  1. Pankreatitlar diagnostikasi, davosi.


Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling