Samdti, Davolash fakulteti 4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida


Laborator - asbobiy tekshirishlar


Download 80.71 Kb.
bet19/23
Sana02.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#193357
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ffff

Laborator - asbobiy tekshirishlar. Psoriatik artrit uchun maxsus laborator testlar mavjud emas. Distal falangalararo boʼgʼimlar artriti, yirik boʼgʼimlar monoartriti aksariyat hollarda oʼzgarmagan laborator koʼrsatkichlar bilan kechishi mumkin. Boʼgʼimlarda kuchli ekssudativ oʼzgarishlar boʼlganda odatda EChT 30 mm/s va undan yuqori, ayrim hollarda, ayniqsa kasallikning yomon sifatli kechishida koʼtariladigan, yengil leykotsitoz va normoxrom anemiya kuzatiladi. Qon zardobida RO aniqlanmaydi. Sinovial suyuqlikda yalligʼlanish belgilari boʼladi, yaʼni unda neytrofilli siljish bilan yuqori sitoz (10 ml (15-20) gacha, mutsin quyqasi yumshoq, parchalanib ketuvchi, quyushqoqligi past. Biroq, mono va oligoartikulyar shikastlanishlar hamda jarayonning yuqori boʼlmagan umumiy faolligida sinovial suyuqlik oʼz xarakteri jihatdan yengil yalligʼlanishga yaqin boʼladi.

Boʼgʼimlar va umurtqa pogʼonasi rentgenografiyasi. Distal falangalararo boʼgʼimlar artritining rentgenologik koʼrinishi yetarli darajada tipik hisoblanadi. Bu bir vaqtning oʼzida falangalar asosi va uchlarida suyak oʼsishlari sifatida proliferativ oʼzgarishlar, periostitlar bilan kechadigan, eroziv jarayondir. Oxirgi boʼgʼimlarning shikastlanishisiz kechadigan poliartritda rentgenologik koʼrinish epifizdagi qirrasi eroziyasi va boʼgʼimlar suyakli ankilozlari boʼlgan revmatoid artritni eslatishi mumkin. Biroq, bir barmoqning bir necha boʼgʼimlarida ankilozirlanish jarayonining rivojlanishi psoriatik artrit uchun patognomonik belgi hisoblanadi. Rentgen tekshirishda umurtqa pogʼonasi va ileosakral birikmalarning zararlanishini 60 % ga yaqin bemorlarda aniqlanadi. Ularning koʼpchiligida sakroileit va spondiloartrit klinik belgilari boʼlmaydi. Boshqacha qilib aytganda, spondiloartrit yashirin kechadi va buni bemorni tekshirishda eʼtiborga olish kerak. Sakroileit aksariyat hollarda bir tomonlama boʼladi, baʼzan haqiqiy Bexterev kasalligi kabi ileosakral birikmalar ankilozirlanishi bilan kechadigan ikki tomonlama jarayon kuzatiladi. Psoriatik spondiloartrit uchun Bexterev kasalligidagi nozik sindesmofitlardan farq qiladigan alohida umurtqalar orasida, odatda simmetrik boʼlmagan, dagʼal suyakli toʼsiqlar, paravertebral ossifikatlar shakllanishi xarakterli. Lekin ushbu belgi kamdan kam aniqlanadi va umurtqa pogʼonasi zararlanishining rentgen koʼrinishi amalda Bexterev kasalligidagi klassik ankilozirlovchi spondiloartritdan farq qilmaydi.

 
3. jigar perkussiyasi kurlov buyicha.

SamDTI, Davolash fakulteti

4- son  ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida

"Tasdiqlangan"

Kafedra mudiri,

v/b Xoljigitova M.B.

« » 20 yil

Bayonnoma №

Bilet №15


  1. Restriktiv kardiomiopatiyani klinikasi



Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling