Samimiy muloqot sari
Download 27.27 Kb.
|
Trening dasturi. Namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarda muloqotchanlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Samimiy muloqot sari” nomli trening mashg’ulotining dasturi
Talabalarda muloqotchanlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Samimiy muloqot sari” nomli trening mashg’uloti rejasi Davomiyligi: 70 daqiqa.
Talabalarda muloqotchanlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Samimiy muloqot sari” nomli trening mashg’ulotining dasturi Maqsad: ishtirokchilarda shaxslararo muloqotchanlik ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zaro ahillikni oshirish. Vazifalar: 1. Guruh a’zolarini o’zaro tanishtirish, ya’ni ularga bir-birlari haqidagi ma’lumotlar bilan almashinish imkonini yaratish; 2. Guruhda o’zaro ahillik muhitini yaratish; 3. Ishtirokchilar holati va kayfiyatlarini barqarorlashtirish; 4. Guruh ishtirokchilarini bir-birlarini yaxshiroq tushunishga hamda hamkorlikda ishlashga o’rgatish; 5. Guruh a’zolari o’rtasida o’zaro samimiylik muhitini yaratish. Qoidalar: “faollik” qoidasi (rolli vaziyatlarda har-bir kishi o’zida mavjud bilim, ko’nikma va malakasidan foydalanish); “yagona mikrofon” qoidasi (biror ishtirokchi o’z fikrini bildirayotganida boshqa uning gapini bo’lmaslik); “shu yerda va hozir” qoidasi (guruhdagi muomala-munosabat mashg’ulot jarayoniga bevosita aloqador, ya’ni ayni payt bilan bog’liq bo’lishi); “ixtiyoriylik” qoidasi (ishtirokchilarning trening mashg’ulotida o’z mulohazalarini bayon etish, o’yin va mashqlarda ishtirok etishida ixtiyoriylikni joriy qilish); “vaqtni tejash” qoidasi (ishtirokchilar o’z fikrlarini aniqlashda, qisqa bayon etish); “sir saqlash” qoidasi (treningda qo’llanilgan ishtirokchilarning kechinmalari, hayotiy ma’lumotlarining mashg’ulotdan chetga chiqmasligi). Download 27.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling