Samsung haqida 100 ta fakt
Samsung Koreya urushidan keyingi davrda
Download 136 Kb.
|
Samsung haqida 100 ta fakt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompaniya islohotlari
Samsung Koreya urushidan keyingi davrda
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti general Pak Chon Xi sanoat va iqtisodiy islohotlarini boshlaydi. Iqtisodiyot sanoat sektorini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi, AQSh bilan yaqin munosabatlar asosida eks-portni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi, chet ellardan qarz olish, xom ashyo va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish, olingan daromadni esa yana xom ashyo hamda texnika sotib olishga yo’naltirish ko’zda tutiladi. Koreyalik islohotchilar barqaror iqtisodiyot katta konsernlarga tayanishi kerak degan xulosaga keladilar, ammo ularni qisqa muddatlarda yaratish zarur edi, shuning uchun Koreyaning eng mohir tadbirkor ishbilarmonlari uchun hukumat kreditlari va qarzlari taqdim etiladi. Ular davlat buyurtmalari bilan ta’minlanadilar, shu bilan birga, ma’lum huquqiy hamda soliq imtiyozlari kichik korxonalarga katta konglomeratlargacha o’sishlariga imkon berdi. Omadli tadbirkorlar orasida Li Byon Chxol ham bor edi. Shu tariqa, 30ta katta kompaniyalar (cheboli — «puldor oilalar») tashkil etiladi. Ular orasida Samsung kompaniyasidan tashqari, Daewoo, Hyundai, Goldstar (LG) va boshqalar ham bor edi. Har bir «puldor oilaning»: Daewoo — avtomobillar ishlab chiqarish, Goldstar — maishiy texnika, Samsung — elektronika, Hyundai — qurilish va shu kabi o’z yo’nalishi bor edi. Kompaniya islohotlari Janubiy Koreyaning iqtisodiyoti yiliga 6 dan to 14 foizgacha jadal sur’atlarda rivojlanib bordi. Shu davrdagi eksportning o’sishi yiliga 30 foizni tashkil etdi. Shuning uchun 1969-yilda Samsung kompaniyasi Sanyo bilan birlashgandan so’ng, qora-oq rangli televizorlarni ishlab chiqara boshlaydi, Koreyaning o’zida ular faqatgina aholining 2 foizidagina mavjud bo’lgan. Sanyo va Samsung ning birlashishi Samsung Group eng katta sektorlaridan biri — Samsung Electronics guruhiga asos soldi. O’tgan asr 80-yillarida katta yo’qotishlar evaziga bo’lsa ham, kompaniya iqtisodiy inqirozdan omon chiqishga erishdi. Inqirozning oqibatlari — bir necha ixtisoslashmagan bo’linmalar, sho’ba kompaniyalari soni keskin qisqarishidan iborat bo’ldi. Li Gon Xi boshqaruvchi bo’lib tayinlanishi bilan bir qator islohotlar taklif etildi, ular kompaniyani to’la restrukturizatsiyalashdan tashqari, boshqaruv asoslarini o’zgartirishni ham ko’zda tutadi: kompaniya erkin savdo to’g’risidagi qonun shartlariga to’la javob berishi kerak. Tashqi investorlarga nisbatan siyosatni o’zgartirish bo’yicha takliflar kompaniyaga subsidiyalar ajratish manfaatdorligini oshirishi kerak, chunki konglomerat davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatidan mahrum bo’lgan edi. 1980-yillarda konsern tarkibiga kiruvchi kompaniyalarning aksiyalari faqat Janubiy Koreya hududida muomalada bo’lgan, shu bilan birga, investorlar tomonidan katta talabga ega bo’lmagan. Sababi —konfutsiancha an’anaviy osiyocha tamoyillar asosida boshqarish edi: faqatgina Li oilasining vakillari boshqaruvga rahbarlik qilganlar. Kompaniyalarni boshqarish sohasida qaror qabul qilishga tashqi investorlarda ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari mavjud bo’lmagan. Bundan tashqari, an’anaviy menejment ko’p yillar xizmati uchun bir umrlik mehnat huquqi va lavozimiga tayinlashni ko’zda tutardi. Kompaniyaning vazifalari va uning timsoliga to’la qayta ishlab chiqish marketing o’zgartirishlari kiritildi. Kompaniyaning birinchi ikki logotiplarida uchta yulduz bo’lgan. Ammo Samsung rahbariyati avvalgi logotip korporatsiyaning xalqaro mavqeiga to’g’ri kelmaydi deb hisoblab, uni o’zgartirishga qaror qildi. Aynan o’sha davrda kompaniyaning yangi timsoli — ichki qismida firmaning nomi yozilgan bir tomonga egilgan ko’k rangli ellips paydo bo’ldi. Kompaniyaning ajoyib dizayni va keng miqyosli reklamasi o’z samarasini berdi: logotip dunyoda eng mashhur timsollardan biriga aylandi. Nufuzli oliy ta’lim muassasalarining talaba-reklamachilari bugungi kunda Samsung logotipi o’zgartirilishini juda muvaffaqiyatli rebrendingga misol sifatida o’rganmoqdalar. Yangi emblemani ishlab chiqishda sharq falsafasi e’tiborga olinmadi. Kompaniya vakillarining fikrlariga qaraganda, «logotipning ellips ko’rinishidagi shakli yangilanish va takomillashish g’oyasini ifoda etib, jahonda harakatlanish ramzi hisoblanadi». Ushbu o’zgarishlar 1990-yillargacha davom etib keldi. 1983-yilda shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. 1991-1992 yillarda shaxsiy mobil qurilmalar yakunlandi va mobil telefoniyaning dastlabki mahsulotlari ishlab chiqila boshlandi. Nihoyat 1999-yilda Forbes Global jurnalining maishiy elektronika ishlab chiqarish sohasidagi mukofoti Samsung Electronics kompaniyasiga taqdim etildi. Hozir "Samsung Group” konserni tarkibiga kimyo texnologiyalari sanoati, og’ir va engil sanoat, qurilish, avtomobilsozlik, marketing va reklama, moliya va sug’urta, sayyohlik va dam olish xizmati kabi sohalarda faoliyat yuritadigan etakchi korxonalar kiradi. Samsung Group tuzilmasi Konsernga tegishli LCD monitorlari va televizorlar ishlab chiqaradigan zavodlar Janubiy Koreya – Suvon shahri (1981), Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika (1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston (2001), Vetnam (2001), Tailand (2001) va Ispaniyada (2001) faoliyat yuritadi. Bu tarmoq kompaniyaga yiliga 5 mlrd. AQSh dollaridan ortiq daromad olib keladi. "Samsung ” 2012 yilning 1-choragidan boshlab LCD monitorlar va mobil aloqa vositalari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallab turibdi. Qurilish sohasi kompaniyaga yiliga 2 mlrd AQSh dollari keltiradi. "Samsung Engineering” asosan xorijiy buyurtmachilarga xizmat ko’rsatadi va katta loyihalar bilan shug’ullanadi. "Samsung Group”ning bosh ofisi binosi (Seul), jahondagi eng baland bino – Burj Xalifa (Birlashgan Arab Amirliklari), Petronas egizak minorasi (Kuala Lumpur), Taybey 101 binosi (Tayvan) kabi dunyoga mashhur inshootlarni ana shu kompaniya qurgan. Hozirda Samsung kompaniyasining savdo belgisi Forbes jurnalining "Dunyoning Eng Qimmat Brendlari" ro’yxatidan 9-o’rinni egallagan. Uning asosiy raqobatchisi "Sony” esa 81-o’rinni egallagan. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling