Sana: " " " " 2020-yil Sinf: 8 " " Fan: Kimyo


Download 498.54 Kb.
bet3/6
Sana25.07.2020
Hajmi498.54 Kb.
#124806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7- sinf Kimyo 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi

Cl0 + H2O → HCl-1 + HCl+1O Xlor o‘yuvchi kaliy bilan sharoitga qarab turli moddalarni hosil qiladi.

Xlor qaynoq o‘yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda kaliy xlorid va Bertole tuzini hosil qiladi. Kaliy xloridda xlor — 1, Bertole tuzida xlor +5 oksidlanish darajasiga ega.



Sovuq o‘yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda KClO va KCl tuzlarini hosil qiladi: Cl2 + 2KOH → KClO+ KCl + H2O

Reaksiya tenglamasini o‘zingiz elektron-balans usuli bilan tenglang.

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.

Uyga vazifa berish : Masala ishlash

“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________

Sana: “__” “___” 2020-yil Sinf: 8 “________” Fan: Kimyo

Mavzu : VODOROD XLORID

  Darsni maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.

2.Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. ekologik madaniyatni shakllantirish



3.Rivojlantiruvchi maqsad:

Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish:

Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:  

 Vodorod xloridning suvli eritmasi kislota xossani namoyon qilishini qanday izohlaysiz?

Xlorning eng muhim birikmalaridan biri vodorod xloriddir. Uning kimyoviy formulasi HCl. Nisbiy molekular massasi 36,5. Tuzilish formulasi H-Cl, kovalent qutbli molekula, elektron formulasi .

Olinishi.1. Sanoatda olinishi. Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor gazlari o‘zaro reaksiyaga kiritiladi:H2 + Cl2 = 2HCl

2. Laboratoriyada olinishi. Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettiriladi: NaCl + H2SO4 → NaHSO4 + HCl↑ Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, natriy sulfat hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi: 2NaCl + H2SO4 → Na2SO4 + 2HCl↑

Fizik xossalari. Vodorod xlorid rangsiz, o‘tkir hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘lib, havodan biroz og‘ir Suvda juda yaxshi eriydi, ya’ni 1 hajm suvda 500 hajm HCl eriydi Kimyoviy xossalari. Vodorod xloridning kimyoviy xossalari xlorid kislotaning kimyoviy xossalariga o‘xshaydi. Shuning uchun uning kimyoviy xossalarini keyingi mavzuda batafsil ko‘rib chiqamiz. Ammo xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod xlorid metallar va metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishmaydi.   HCl ning suvda erishi. Ishlatilishi. Vodorod xlorid asosan xlorid kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi.

XLORID KISLOTA Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir. Olinishi. Xlorid kislotani laboratoriyada olish uchun oddiy reaksiya o‘tkaziladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gaz (HCl) suvga yo‘naltiriladi. Natijada gaz suvda erib xlorid kislota hosil qiladi Sanoatda xlorid kislota olish uchun vodorod gazi xlorda yondirilib, hosil bo‘lgan vodorod xlorid suvda eritiladi Fizik xossalari. Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o‘tkir hidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/sm3 ga teng bo‘lib, 37% li bo‘ladi (Bunday kislota "tutovchi" kislota ham deyiladi). Kimyoviy xossalari. 1. Kislotalar uchun umumiy bo‘lgan barcha kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. a) Indikator rangini o‘zgartiradi: -  binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi; - ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi; -  metilzarg‘aldog‘ining to‘q-sariq rangini qizil rangga kiritadi. b) Metallarning faollik qatorida vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi:

 Zn metalining HCl bilan ta’sirlashishi.

Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; Fe + 2HCl = FeCl2 + H2.

d) Asosli va amfoter oksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va tuz bilan suv hosil qiladi:

CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O; ZnO + 2HCl = ZnCl2 + H2O.

e) Asoslar bilan o‘zaro ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi:

Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O.



f) O‘zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va tuz hosil qiladi 2. Xlorid kislotaga xos bo‘lgan reaksiyalar. a) Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib, oq cho‘kma (AgCl) hosil qiladi. Bu cho‘kma suvda ham, kislotada ham erimaydi: AgNO3 + HCl = ↓AgCl + HNO3 Xlorid ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun AgNO3 reaktivdir. b)  Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib, xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi.

Ishlatilishi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi. Xloridlar xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moddalardir. Natriy xlorid ( osh tuzi) — NaCl. Osh tuzi tabiatda juda ko‘p uchraydi. Uning asosiy massasi dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo‘ladi. Qattiq kristall holda tosh tuzi shaklida ham uchraydi. Tosh tuzi O‘zbekiston hududida joylashgan Xo‘jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi. Osh tuzining qaynash harorati 1413°C, suyuqlanish harorati 800,4°C, zichligi 2,16 g/sm3 ga teng. Eruvchanligi 0°C da 35,6 g.


Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.

Uyga vazifa berish Mavzuni o’qish va Masala ishlash.

“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________

Sana: “__” “___” 2020-yil Sinf: 8 “________” Fan: Kimyo

Mavzu: AVOGADRO QONUNI. MOLYAR HAJM

Darsni maqsadi:



1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish. O‘quvchilarga gazlar bilan bog‘liq bo‘lgan Avogadro qonuninir mohiyatini tushuntirish. O‘quvchilar Avogadro qonuni faqat gaz holati uchun xos ekanligini anglab olishlari kerak.

2.Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.



3.Rivojlantiruvchi maqsad:

Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: (5-min.) 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish:

Konspektni tekshirish ,savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. (10-min)

Yangi mavzuni bayoni: ( 20-min.)



Ma’lum miqdordagi gazning hajmi doimiy kattalik emas, u harorat (t) hamda bosim (P) o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadi. 1811- yilda Italiyaning Turin universiteti professori A.Avogadro gazlar bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganish jarayonida quyidagi xulosaga keldi:
Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosim) o‘zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi.
Keyinchalik o‘tkazilgan tajribalar Avogadro xulosasini tasdiqladi va bu Avogadro qonuni deb atala boshlandi. Avogadro oddiy moddalarning gaz holidagi molekulalari ikkita atomdan tashkil topganligini aniqladi (h2, O2, N2, F2, cl2). Avogadro qonuni gazlar uchun xos bo‘lib, qattiq va suyuq moddalar bu qonunga bo‘ysunmaydi. chunki kichik bosimlarda gazlarda molekulalar orasidagi masofa ularning o‘z o‘lchamidan minglab marotaba katta. Gazning hajmi molekulalar soni va molekulalararo masofaga bog‘liqdir. Molekulalarning o‘lchamlari esa ahamiyatga ega
emas. Bir xil bosim va bir xil haroratda turli gazlardagi molekulalar orasidagi masofa deyarli bir xil. Shunday qilib, bir xil sharoitda turli gazlarning bir xil miqdordagi molekulalari bir xil hajmni egallaydi.
Suyuq va qattiq moddalarning hajmi molekulalararo masofa kichikligi uchun nafaqat molekulalar soni, balki ularning o‘lchamiga ham bog‘liqdir.
O‘ta quyi harorat yoki yuqori bosimda gazlar suyuq moddalarga o‘xshab, molekulalararo masofa ularning molekulalari o‘lchamlariga yaqinlashib qolganligi uchun Avogadro qonuni kuchga
ega bo‘lmaydi. Oldingi darslardan ma’lumki, har qanday moddaning bir moli 6,02∙10 23 ta zarra (molekula, atom) tutadi (Avogadro doimiysi) Demak, Avogadro qonuniga ko‘ra 6,02∙1023 ta zarracha egallaydigan hajmni hisoblab ko‘raylik. Buning uchun gazning molyar massasi
– M ni uning zichligi (normal sharoitda 1 m3 gazning kilogrammlardagi massasi) – ga bo‘linadi

Demak, har qanday gazning 6,02.1023 ta zarrasi (1 moli) normal haroitda 0,0224 m3 yoki 22,4 l hajmni egallaydi va u molyar hajm deyiladi.


Download 498.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling