Sana: " " " " 2020-yil Sinf: 8 " " Fan: Kimyo


Download 498.54 Kb.
bet5/6
Sana25.07.2020
Hajmi498.54 Kb.
#124806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7- sinf Kimyo 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi



Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.

Uyga vazifa berish Mavzuni o’qish va Masala ishlash.

“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________

Sana: “__” “___” 2020-yil Sinf: 8 “________” Fan: Kimyo


Mavzu :  EKVIVALENTLIK QONUNI

Darsni maqsadi:



1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish. O‘quvchilarga modda tarkibiga kiruvchi elementlar istalgan miqdoriy nisbatlarda birikmasdan, balki har bir element ekvivalentlariga mos ravishda aniq miqdorlarda birikishini tushuntirish. O‘quvchilarda oddiy moddalar va murakkab modda­larning ekvivalent miqdorlarini topish malakasini hosil qilish.

2.Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologik madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.



3.Rivojlantiruvchi maqsad:

Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: (5-min.) 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish:

Konspektni tekshirish, savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. (10-min)

Yangi mavzuni bayoni: ( 20-min.)

 • Ekvivalent — teng qiymatli demakdir. Tarkibning doimiylik qonuniga ko‘ra, birikmalar hosil bo‘lishida uning tarkibiy qismlari bir-biri bilan qat’iy miqdoriy nisbatlarda birikadi.

Shuning uchun kimyoda ekvivalent va ekvivalent massa degan tushunchalar muhim ahamiyatga ega.

 • Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi.

 • Elementning 1 ekvivalenti massasi uning ekvivalent massasi deb ataladi ( H 2 uchun 1 g).

Ekvivalent va ekvivalent massani odatda birikmalarning tarkibini o‘rganib, bir elementning o‘rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. Buning uchun albatta shu elementning vodorodli birikmasidan foydalanish shart emas. Ekvivalenti aniq bo‘lgan boshqa element bilan birikmasidan ham foydalanish mumkin.

Ko‘p elementlar turli nisbatlarda bir-biri bilan birikib, bir nechta birikma hosil qiladi. Demak, elementlar qaysi birikmada qancha miqdorda bo‘lishiga qarab hisoblangan ekvivalentligi va ekvivalent massasi turlicha qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday hollarda ayni bir elementning turli birikmalardagi ekvivalenti (ekvivalent massasi) bir-biriga nisbatan uncha katta bo‘lmagan butun sonlardan iborat bo‘ladi. Uglerodning ikki birikmasi bo‘lgan is gazi — CO va karbonat angidridi — CO2 da uning ekvivalent massasi mos ravishda 6 g/mol va 3 g/mol, ularning nisbati esa 2:1 ni tashkil etadi.

 • Murakkab moddaning ekvivalenti uning 1 ekvivalent vodorod bilan qoldiqsiz ta’sirlashadigan yoki boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan ta’sirlashadigan miqdoridir.

Demak, moddalar ularning ekvivalentlariga mos ravishda o‘zaro ta’sirlashadilar. Bu ekvivalentlik qonuni deb ataladi:

 • Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta’sirlashadilar.

 • O‘zaro ta’sirlashayotgan moddalar massalari (hajmlari) ularning ekvivalent massalariga (hajmiga) proporsionaldir.

 • Ekvivalent hajm — moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm bo‘lib, gazsimon holat uchun qo‘llanadi (1 ekvivalent hajm H — 11,21/mol, O — 5,61/mol).
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. (7-min)

O’quvchilarni baholash:

Uyga vazifa berish : (3-min) Darslikdan o‘qish. Tayanch iboralarni izohlash. Savol va topshiriqlarni bajarish. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.

“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________

Sana: “__” “___” 2020-yil Sinf: 8 “________” Fan: Kimyo

MAVZU: XLORID KISLOTA


Darsni maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish. O‘quvchilarga xlorid kislota va uning xususiyatlarini tushuntirish. O‘quvchilarda xlorid kislota to’g’risidagi malakasini hosil qilish.

2.Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologik madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.



3.Rivojlantiruvchi maqsad:

Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: (5-min.) 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish:

Konspektni tekshirish, savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. (10-min)

Yangi mavzuni bayoni: ( 20-min.)

Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir.

Olinishi. Xlorid kislotani laboratoriya sharoitida vodorod xloridni olinishi (vodorod xlorid mavzusiga qarang) kabi usullar bilan olinadi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gaz ( HCl) suvga yo‘naltiriladi. Natijada gaz suvda erib xlorid kislota hosil qiladi.


Sanoatda xlorid kislota olish uchun vodorod gazi xlorda yondirilib, hosil bo‘lgan vodorod xlorid suvda eritiladi.

Fizik xossalari. Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o‘tkir hidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/cm3 ga teng bo‘lib, 37 % li bo‘ladi (bunday kislota “tutovchi” kislota ham deyiladi).


Kimyoviy xossalari. 1. Kislotalar uchun umumiy bolgan barcha kimyoviy reaksiyalarga kirishadi.
a) indikator rangini o‘zgartiradi:
– binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi;
– ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi;
– metil zarg‘aldog‘ining to‘q-sariq rangini qizil rangga kiritadi.
b) metallarning faollik qatorida vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va vodorod hosil qiladi:

d) asosli va amfoter oksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va tuz
bilan suv hosil qiladi

e) asoslar bilan o‘zaro ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi:





f) o‘zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va yangi tuzni hosil qiladi:

2. Xlorid kislotaga xos bolgan xususiy reaksiyalar.


a) kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib, oq cho‘kma (AgCl) hosil qiladi.

Bu cho‘kma suvda ham, kislotada ham erimaydi:

Xlorid ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun AgNO3 reaktivdir.


b) oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib, xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi.

Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi.


Xloridlar xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moddalardir.Natriy xlorid (osh tuzi) — NaCl. Osh tuzi tabiatda juda ko‘p uchraydi. Uning asosiy massasi dengiz va okeanlar suvida erigan qattiq kristall holda tosh tuzi shaklida ham uchraydi.Tosh tuzi O‘zbekiston hududida joylashgan Xo‘jaikon, Tubokat,Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi. Osh tuzining qaynash harorati 1413 °c, suyuqlanish harorati 800,4 °c, zichligi 2,16 g/cm3 ga teng. Eruvchanligi 0 °c da 35,6 g. Osh tuzining turmushdagi ahamiyatini bilasiz. U hayot uchun juda muhim modda. Shuningdek, xalq xo‘jaligida eng ko‘p
ishlatiladigan moddadir. Inson 1 kunda taxminan 4–6 g, 1 yilda esa 2 kg osh tuzi iste’mol qiladi. Demak, O‘zbekistondagi barcha aholi 1 yilda taxminan 64000 tonna atrofida osh tuzi iste’mol qilar ekan. Butun dunyodagi aholi esa 14 mln tonna osh tuzi iste’mol qiladi.

Kaliy xlorid — KCl. Kaliy xlorid tabiatda karnallit –KCl∙MgCl 2∙ 6H 2O, silvinit – KCl ∙Nacl, silvin — Kcl, kainit — KCl ∙MgSO4∙3H2O ko‘rinishdagi minerallar tarzida uchraydi. Kaliy


xloridning tabiiy minerallari qashqadaryodagi Tubokat va Surxondaryodagi Xo‘jaikon konlaridan qazib olinadi. Kaliy xlorid qishloq xo‘jalik ekinlari uchun kaliyli o‘g‘it sifatida muhim ahamiyatga ega. O‘yuvchi kaliy, xlor va xlorning birikmalari ham kaliy xloriddan olinadi. Xloridlarning deyarli barchasi suvda yaxshi eriydi. AgCl, PbCl2, CuCl, HgCl2 lar esa erimaydi. Xlorid kislota va xloridlarni aniqlash uchun AgNO3 eritmasidan foydalaniladi:

AgNO3 tuzi xlorid ioni (cl–) uchun reaktivdir. AgCl oq pag‘acho‘kma.



Download 498.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling