Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi
Download 1.46 Mb.
|
10-sinf Geografiya(konspekt)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Darsning mazmuni
- Yangi dars bayoni
- Shu sababli Yer yuzida doimiy issiq sharoit yuzaga kelgan.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Yer boshqa osmon jismlari kabi koinotning bir qismidir. Koinot Yerni o‘rab turgan mavjud moddiy borliq. Koinot makonda cheksiz-chegarasiz va zamonda abadiydir. Koinotda osmon jismlari tuzilishi turli xil bo‘lgan tizimlarni hosil qiladi. Shulardan biri Quyosh sistemasidir. Quyosh atrof dagi sayyoralar, yo‘ldoshlar, asteroidlar, kometalar bilan bir tizim bo‘lib galaktikamiz Somon yo‘li markazi atrofi da aylanma harakat qiladi. Somon yo‘li galaktikasi haqidagi ma’lumotlar astronomiya darsligidan Sizga ma’lum.Quyosh sistemasidan galaktika markazigacha bo‘lgan masofa 23–28 ming yorug‘lik yiliga teng. Quyosh galaktikaning chekkaroq qismida joylashgan. Bu holat Yer uchun juda qulay: u Galaktikaning nisbatan tinch qismida joylashgan va paydo bo‘lganidan buyon fazoviy halokatlarga uchramasdan rivojlanib kelmoqda. Quyosh sistemasi Galaktika markazi atrof da 200–220 km/s tezlik bilan harakatlanib, 180–220 mln yilda bir marta aylanib chiqadi. Yerdagi 200 mln yil – tektonik siklning davomiyligi hisoblanadi. Bu Yer hayotida tektonik hodisalarning ma’lum ketma-ketligi bilan tavsifl anadigan muhim davr. Sikl boshida Yer po‘stining cho‘kishi, qalin cho‘kindi qatlamning to‘planishi, suv osti vulqonlarining otilishi ro‘y beradi. Keyin, tektonik jarayonlar kuchayadi, tog‘lar vujudga keladi, materiklarning tashqi ko‘rinishi, qiyofasi o‘zgaradi. Bu esa, o‘z navbatida, Yer tabiatining o‘zgarishiga olib keladi.Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, diametri 1,39 mln km, o‘ta qizigan, yorug‘lik va issiqlik taratib turadigan, gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Unda Quyosh sistemasining 99 % dan ortiq massasi to‘plangan. Shuning uchun u atrof dagi osmon jismlarini tortish kuchi hisobiga ushlab turadi va sayyoralarning deyarli bir xil tekislikda harakatlanishini ta’minlaydi. Yer yuzida tabiiy sharoit va resurslarning o‘zgarishiga, o‘z navbatida, inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.Yer – Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo‘lib, uning shakli, o‘lchamlari, zichligi, moddalar tarkibi, tuzilishi va harakatlari koinotda joylashgan o‘rniga bog‘liq. Uning shaklini Siz quyi sinfl arda sharsimon deb o‘qigansiz. Bu to‘g‘ri, lekin, aslida, uning shakli geoid. Yer hech bir geometrik shaklga yoki jismga o‘xshamaydi. Yer yuzasida geodezik-kartogra Yer zichligi va massasining kattaligi uning tortish kuchi katta bo‘lishini, bu esa o‘z atro€ da havo va suvni ushlab turishini ta’minlagan. Yer yuzasidagi atmosfera bosimining mavjudligi suvning suyuq holda bo‘lishiga imkon beradi, aks holda suv bug‘lanib ketgan bo‘lar edi. Yerda ma’lum bir doimiy issiqlik sharoitini ushlab turishda atmosfera va gidrosferaning ahamiyati katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan zararli elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Dunyo okeani esa juda katta issiqlik manbayidir. Yer sayyorasi bir vaqtning o‘zida bir qancha harakatlarni amalga o shiradi. Ulardan Yer tabiati va odamlar hayoti uchun eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadiganlari Yerning Quyosh atro€ da, o‘z o‘qi atro€ da va Yer–Oy umumiy og‘irlik markazi atro€ da aylanishidir. Yer Quyosh atro€ da soat miliga teskari yo‘nalishda o‘rtacha 29,8 km/sekund tezlik bilan 934 mln km bo‘lgan orbitani 365 sutka 6 soatda to‘la bir marta aylanib chiqadi. Yer orbitasi (Quyosh atro€ da ayla nish yo‘li) ellips shaklda. Shuning uchun Quyosh bilan Yer orasidagi masofa doim o‘zgarib turadi. Yer orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi perigeliy deyiladi. Bu nuqtada Yer va Quyosh orasidagi masofa 147 mln km ga teng. Yer orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi esa afeliy deyilib, Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi masofa 152 mln km bo‘ladi. Shuning uchun Yer orbita bo‘ylab turli tezlikda harakat qiladi, ya’ni perigeliyda eng tez (30,3 km/sekund), afeliyda eng sekin (29,3 km/sekund) aylanadi. Buning oqibatida Quyosh Shimoliy yarimsharga 186 kun, Janubiy yarimsharga esa 179 kun nur sochadi. Lekin bu Yerga keladigan issiqlikning miqdoriga ta’sir qilmaydi. Yer orbitasining aylanaga yaqin ellipsligi tufayli Yerga keladigan issiqlikning miqdori o‘zgarmaydi, ya’ni doimiydir. Shu sababli Yer yuzida doimiy issiq sharoit yuzaga kelgan. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling