Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Oqsil molekulasining tuzilish darajalari


Download 2.84 Mb.
bet13/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

Oqsil molekulasining tuzilish darajalari

Oqsillarning
tuzilmasi

Strukturani tutib turuvchi bog‘lar

Xususiyati

Misollar

Birlamchi
tuzilma

Qo‘shni amino­kislotalarning amino va karboksil guruhlari orasidagi peptid bog‘lar

Oqsil molekulasida aminokislotalarning birin- ketin joylashish tartibi bilan belgilanadi

Insulin

Ikkilamchi
tuzilma

Spiral qo‘shni o‘ramlari orasidagi vodorod bog‘lar

Polipeptid zanjirining spiral shakli bilan belgilanadi

Kollagen,
keratin

Uchlamchi
tuzilma

Vodorod, ion, disulfid, gidrofob bog‘lar

Spiral shakldagi polipeptid globula shaklini hosil qilishi bilan belgilanadi

Mioglobin,
fermentlar

To‘rtlamchi
tuzilma

Vodorod, ion, disulfid, gidrofob bog‘lar

Bir necha globula shaklidagi polipeptid molekulalarining (subbirlik) birikishi bilan belgilanadi

Gemoglobin



Fermentativ funksiya. Fermentlar plas­tik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir ferment ma’lum bir modda (substrat)ga ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi.
Transport funksiyasi. Umurtqali hayvonlar qonida gemoglobin, umurtqasiz hayvonlar qonida gemosianin, muskul to‘qimasida mioglobin O2 va CO2ning transportini, qon plazmasi oqsili - albumin lipidlar, yog‘ kislotalari va boshqa biologik faol moddalar transportini ta’minlaydi. Hujayra membranasi oqsillari esa membrana orqali moddalarni o‘tkazish vazifasini bajaradi.
Himoya funksiyasi.Antitana, antitoksin, interferon oqsillari organizmni yot moddalardan himoya qiladi. Qon tarkibidagi immunnoglobulin oqsili qonga kirgan virus va bakteriyalarni taniydi, zararsizlantiradi. Qon plazmasi tarkibidagi fibrinogen, trombin oqsillari qonning ivishini ta’minlaydi.
Toksin (zahar) funksiyasi.Ayrim hayvonlar o‘zini dushmandan himoya qilish uchun maxsus zaharlar ishlab chiqaradilar. Botulizm, vabo va difteriya kasalligini chaqiruvchi mikroblarning zaharlari ham oqsil tabiatga ega
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:

  1. Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz?

  2. Aminokislotalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini gapirib bering.

  3. Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang.

  4. Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering.

  5. Oqsillarning funksiyalari nimalardan iborat?

  6. Dezoksiribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibi haqida nimalarni bilasiz.

  7. Ribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibini izohlang.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq.DNK va RNKning umumiy jihatlari va farqlarini aniqlab, diagrammada aks ettiring
2-topshiriq.Jadvalni to‘ldiring.



Xususiyatlari

DNK

RNK

Hujayrada uchrashi







Funksiyasi







Polipeptid zanjiri







Uglevodlari







Purin asoslari







Pirimidin asoslari









Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.


Fan o`qituvchisi______________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V


7- Mavzu: Umumlashtiruvchi dars. Nazorat ishi-1
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilar olgan bilimlarini nazorat qilish
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3


II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnik chizmasi:



Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar






VIII.Darsning borishi (reja):


1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi


2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Mavzu:Hayotning molekula darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar
Nazorat shakli:Test topshiriqlari.

1.”Biologiya” atamasini qaysi olimlar fanga kiritgan?


1.K.Timeryazyev 2.J.Lamark 3.I.Ivanov 4.G. Trivinarus 5.S. Karpechenko
A.2,4 B. 1,3, C.3,5 D.4,5
2.Mikroorganizmlarni o`rganuvchi biologiya fanining tarmog`i.
A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya
3.Suv hayvonlari va o`simliklari ularning muhitga moslanuvchanlik belgilarini biologiyaning qaysi tarmog`I o`rganadi? A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya
4.Hujayra nazariyasi, biogenetic qonun kabi qonunlar qaysi metod yordamida kashf etilgan?
A.kuzatish metodi B. taqqoslash metodi C.tarixiy metod D.modellashtirish
5. Biologiya fani oldida turgan muommolardan biri.
A.dunyo aholisi sonini tartibga solish. B. qizilcha kasalligiga vaksina yaratish
C.aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash D.hayvonlar va o`simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish
6.Tirik organizmga xos bo`lgan hayotiy jarayonlar qayerda sodir bo`ladi8?
A.to`qimalarda B. hujayralarda C.organlarda C. organism darajasida
7.Morfofiziologiyk, genetic, ekologik jihatdan o`xshash individlar yig`indisi…
A.biogeo sinoz B. ekologik tizim C.populatsiya D.ekosistema
8.Hayotning yerdagi barcha tiriklikning darajasi nima?
A.biosfera B. evolyutsiya C.ekosistema D.ekotizim
9. Makromolekulalarning noyob tuzilishi xususiyati, ularning bajaradigan qanday vazifalari bor?
A.ekologik B. biologik C.kimyoviy D.fiziologik
10.Oqsillarning monomeri:
A.aminokislota B. nukleotid C.monosaxarid D.lipid



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling