Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari Vaqt
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- IX.Yangimavzubayoni
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar. V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska. VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnologik xaritasi:
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangimavzubayoni: Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar bilan birgalikda 5 mlrd yil ilgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Yer paydo bo‘lganidan to hozirga qadar rivojlanish tarixi eralarga, eralar esa davrlarga, davrlar epoxalarga bo‘linadi. Eralarning nomi yunon tilidagi arxey (arxeis) - eng qadimgi, proterozoy (proteroszoe) - dastlabki hayot, paleozoy (paleozoe) - qadimgi hayot, mezazoy (mezos) - o‘rta hayot, kaynazoy (kainos) - yangi hayot degan ma’nolarni bildiradi. Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori haro- rat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘l- gan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari bo‘lganligidan dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi fotosintezning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar - prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari - sianobakteriyalar bo‘lgan. Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish ja- rayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu erada bakteriyalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda hayot kechiruvchi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga - biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa qismi esa fotosintezni amalga oshirish- ga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi.Proterozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipidagi yirik o‘zgarishlarga ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib keltirish mumkin. Bu ular tanasi oldingi va keyingi, yelka va qorin qismlariga bo‘linishini ta’minlaydi. Oldingi qismida sezgi organlari, nerv tugunlari bo‘ladi. Hayvonlarning yelka tomoni esa himoya qilish funksiyasini bajaradi, qorin tomoni harakatlanish va oziq tutishni ta’minlaydi. Proterozoy erasining oxiriga kelib dastlabki xordali hayvonlar - bosh skeletsizlar kenja tipi paydo bo‘lgan. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling