Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Yangimavzunimustahkamlash


Download 2.84 Mb.
bet141/152
Sana21.11.2023
Hajmi2.84 Mb.
#1793169
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152
Bog'liq
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]

Yangimavzunimustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
1.Yeming yoshini aniqlashda qanday mezonga asoslanadi?
2.Arxey erasida nima sababdan tirik organizmlarning hech qanday qoldiq yo`q?
3.Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring.
4.Proterozoy erasida o‘simliklar evolutsiyasi qanday kechgan?

Iqlim sharoiti

O‘simliklar

Hayvonlar









Mustaqil topshiriq: Jadvalni to`ladiring.

Arxey erasidagi hayot



Proterozoy erasidagi hayot


Iqlim sharoiti

O‘simliklar

Hayvonlar












Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.


Fan o`qituvchisi_____________________________________________


O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V


62- Mavzu: Paleozoy erasidagi hayot.54 -§


I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga Paleazoy erasidagi hayot haqida bilim berish
b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3


II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:



Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar






VIII.Darsning borishi (reja):


1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi


2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangimavzubayoni:


Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan.
Kembriy davrida iqlim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi bilan harakatlangan. Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari - qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar - minogalar va miksinalarning olis ajdodi hisoblanadi.
Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall riflarining hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turli- tumanligi kamaydi.
Silur davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortdi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan. Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklar psilofitlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar ro‘y bergan. Iqlim iliq bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan past bo‘yli psilofitlarning toshga tushgan tasviri topilgan.
Devon davrida dengizlar sathi kamayib, quruqlik ortishi yanada davom etgan. Iqlim mo‘tadil bo‘lgan. Quruqlikning ko‘pgina qismi dasht, yarim dashtga aylangan. Dengizlarda tog‘ayli baliqlar rivojlanib, «qalqondor» baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro‘y bergan. Devon davrining o‘rtalariga kelib suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga kelgan.
Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. Quruqlikdagi pasttekisliklarda botqoqli yerlar ko‘p uchragan. Ulardan balandligi 40 m ga yetadigan qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar o‘sgan. Bulardan tashqari ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklarning yoppasiga halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki vakillari hisoblangan stegotsefallar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lgan. Uchuvchi hasharot - suvaraklar, ninachilar rivojlangan



Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling