2-topshiriq. “ Tez top “ metodi. Doskaga dunyoda joylashgan daryolar nomi aralash holda yozilgan plakat yopishtiriladi va guruhlarga ular ichidan aynan Afrika qit’asida joylashgan daryolar ajratib yozish topshirig’i beriladi.
(Guruhlar javoblar soniga va bajarilgan vaqtga qarab 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan baholanadi).
i3-topshiriq. “Yozuvsiz xarita bilan ishlash” metodi.
O’quvchilar jamoasiga Arika materigi yozuvsiz xaritasi beriladi. Unga materik bo’ylab joylashgan ko’l va daryolarni tushirish topshiriq qilib beriladi. O’qituvchi yozuvsiz xaritaning to’ldirilish holatini hisobga olgan holda 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan o’quvchilarni rag’batlantiradi.
Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzuni taqdimot va vediorolik asosida tushuntirish va o’rgatish.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1-topshiriq. “Klaster usuli‘‘ metodi. Har bir o’quvchiga yirtqich va o’txo’r hayvonlarni klaster usuliga qo’yib ajratish topshirig’ beriladi.
2-topshiriq. “Hamkorlikda“ metodi. O’quvchilar jamoasiga Afrika materigida tarqalgan hayvonlarni yozish topshirig’i beriladi. O’qituvchi hayvonlar soni va ularning to’g’riligini hisobga olgan holda o’quvchilarni 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan rag’batlantiradi.
3-topshiriq. “ Guruh bo’lib ishlaymiz “ metodi Guruhlarga o’tgan mavzu yuzasidan jadval beriladi (o’rin almashtirish). Har bir guruh o’ziga berilgan jadvalni belgilangan vaqt davomida to’ldiradi.
(Guruhlar yozgan javoblar soniga qarab 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan baholanadi)
Darsni yakunlash va baholash. Dars yakunida guruhlar to’plagan ballari hisoblanadi, eng faol guruh hamda eng faol o’quvchi aniqlanadi va rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa berish: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish, xarita bilan ishlash va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |