Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Sana_______________9-sinf Adabiyot 7-dars


Download 444.72 Kb.
bet11/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Sana_______________9-sinf Adabiyot 7-dars

Dars mavzusi: Ijodiy ish tahlili
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad — o'quvchilarni xatolar ustida ishlashga o'rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarda o'z harakatiga tanqidiy qarash tuyg'usini tarbiyalash;
v) rivojlantiruvchi maqsad - og'zaki va yozma savodxonlikni o'stirish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.


Darsning jihozi: O’zbek tilining imlo lug’ati.

Darsning rejasi:
  1. Imlo xatolar ustida ishlash.


  2. Uslubiy xatolar ustida ishlash.


  3. Ishoraviy xatolar ustida ishlash.


O'quvchilarga daftarlarni tarqatib, xatolari bilan tanishib chiqish topshiriladi. So'ng o'qituvchi avvaldan umumlashtirib qo'ygan tipik xatolarga oid lug'at diktant o'tkazadi. Lug'at diktantda o'quvchilarning inshosida uchragan imlo xatoga oid qoidalar mustahkamlanishi mumkin bo'lgan so'zlar tanlanadi. O'qituvchi matnni ko'chma taxtada avvaldan tayyorlab qo'yadi. O'quvchilar ana shu matnga qarab xatolarni tuzatadilar. Bu keyinchalik ana shunday imlo xatolarining takrorlanmasligiga asos bo'ladi.


Imlo xatolar ustida ishlab bo’lingach, o'quvchilar bayonida uchragan uslubiy xatolar va ularning sabablari o'quvchilarga tushuntiriladi. Tegishli nazariy qoidalar takrorlanadi.
Ishoraviy xatolar ustida ishlashda o'quvchilar qaysi ishoraga oid xato qilgan bo’lsa, o'sha ishoraning ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan nazariy qoidalar takrorlanadi.

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling