Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet7/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

I. Tashkiliy qism:
a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.

II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.
Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yetdi. Ne kampirlar kelib, tulkini inlatgan toziday bo‘lib, boybichalarni angnib, o‘rtaga olib turibdi. Biylar shu vaqtda ovdan qaytdi. Bu yoqdan farzandlar yer yuziga tushdi. Bir nechalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi. Biylar ziyoda vaqti xush bo‘lib, mazgiliga kelib, joy olib, vaqti xushligidan har tarafga xabar yuborib, to‘y-tomoshalar qilmoqchi bo‘lib, chog‘lanib, sozlanib, o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elining katta - kichik biylarini, oqsoqol, arboblarini yig‘dirib: to‘y qilamiz, deb maslahat qildi. O‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elining odamlari, eshitgan xaloyiqlar gurros-gurros bo‘lib kelaverdi. Shunda katta-kichiklar kelib, biylar og‘zidan to‘y qilamiz, deganini eshitib, to‘yning asboblarini tuzab, qancha so‘qim mollarni so‘yib, osh-palovlarni damlab, fuqaro, beva-bechoralar to‘yib, shul alpozda o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irotning bor odami to‘yni qilib, hammalari jam bo‘lib, qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y qilib yotdi. ...To‘y tarqaydigan kun bo‘ldi. Bir vaqt, shunda biylar qarasa, uzoqdan bir qalandar ko‘rinib kelaverdi. Xaloyiqlar ham ko‘rdi: tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qalandar bo‘lib kelayotir. O‘zga kishilarga u qalandarning holi-ahvoli ma’lum emas. Ravzadagi so‘zlagan ovozni eshitgani sababli: «Shohimardon pirim shul kishi bo‘lmasa», — deb, biylar o‘rnidan turib, oldiga peshvoz chiqib, salom berib, ziyorat qilib, majlisxonaga boshlab olib keldi. Shunda farzandlarning uchovini ham olib kelib, Shohimardon pirning etagiga soldi. Shohimardon pir Boybo‘rining o‘g‘lini otini Hakimbek qo‘ydi. O‘ng kiftiga besh qo‘lini urdi. Besh qo‘lini o‘rni dog‘ bo‘lib, besh panjaning o‘rni bilinib qoldi. Qizining otini Qaldirg‘ochoyim qo‘ydi. Boysarining qizini otini Oybarchin qo‘ydi. Ana shunda Shohimardon pir Hakimbekka Oybarchinni atashtirib, beshikkerti qilib: «Bu ikkovi er-xotin bo‘lsin, Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bo‘lolmasin. Omin, Ollohu akbar», — deb, fotihani betiga tortdi. Shohimardon pir turib, jo‘nab ketdi, odamlarning ko‘zidan g‘oyib bo‘lib ketdi. Ana shuytib, biylarning to‘ylari ham tarqab ketdi.
Shunda bolalar kundan kun o‘tib, oydan oy o‘tib, birdan ikkiga kirib, ikkidan uchga kirib, ularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan keyin, elga engandan keyin tutib, uchchovini ham maktabga qo‘ydi. Ular maktabda o‘qib yurib, yetti yoshga kirdi. Burro savodi chiqib, xat o‘qib, yozadigan mulla bo‘ldi. Shunda Boybo‘ribiy: «Endi o‘g‘lim savodi chiqib, mulla bo‘ldi. O‘g‘limga endi shohlik, sipohlik ilmini o‘rgatayin», — deb mulladan chiqarib oldi. Boysari ham Boybo‘riga taassub qildi. Bu ham Oybarchin qizini maktabdan chiqarib oldi. «Chiqarib olib, qizimga Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvadorlik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin», — dedi.
Shunda Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birichdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘liga ushlab, ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashinday bo‘lib ketdi. Asqar tog‘ning katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi. Shunda barcha xaloyiqlar yig‘ilib kelib aytdi: «Dunyodan bir kam to‘qson alp o‘tdi. Alplarning boshlig‘i Rustami Doston edi, oxiri bu Alpomish alp bo‘lsin. To‘qson alpning biri bo‘lib, sanaga o‘tdi», — dedi. Oxiri Alpomishbek alp bo‘lib, to‘qson alpning biri bo‘lib, sanaga o‘tib, alplik otini ko‘tardi, yetti yoshida Alpomish ot qo‘yildi.
Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o‘qib o‘tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi. Boybo‘ribiy shunda o‘g‘li Alpomishdan: Kishi nimadan baxil bo‘ladi, nimadan saxiy bo‘ladi?»-deb so‘radi. Shunda o‘g‘li turib aytdi: «Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo‘natsa, bul ham saxiy; agar joy bor turib, joy yo‘q, deb qo‘ndirmay jo‘natsa, bul odam baxil. Vaqti-be­vaqt bir kishi mozorotning qabatidan o‘tsa, chap oyog‘ini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo o‘qib o‘tsa, bul ham saxiylik; agar har kim mozordan o‘tganda, chap oyog‘ini uzangidan chiqarmay, mozorotning haqqiga duo qilmay o‘tsa, bul ham baxil. Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bermasa, bul ham baxil ekan».



Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling