Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 444.72 Kb.
|
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org
III. Yangi mavzu bayoni.
Endi Siz o’zbek xalqining ulug‘ dostoni «Alpomish» bilan tanishasiz. Bu dostonni o‘zbekning buyuk baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan. «Alpomish» dostonining boshqa baxshilar tomonidan aytilgan qirqdan ortiq nusxasini olimlar yozib olishgan. Lekin ularning birortasi voqealarning qiziqarliligi, ifodaning ta’sirchanligi, tasvirning izchilligi,o‘zbek xalqiga xos belgilarni aks ettira olish qudrati bilan F. Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan nusxaga teng kelolmaydi. Fozil shoir 1872-yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog‘ida tug‘ilgan. Yetimlikda o‘sgan bo‘lajak shoir cho‘ponlik qilganvaqtlarida do‘mbira jo‘rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Yigitlik chog‘larida davrining taniqli baxshisi Yo‘ldosh shoirdan doston aytish sirlarini o‘rgangan. Ulkan iste’dodi tufayli o‘zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga ko‘targan. Fozil Yo‘ldosh qirqdan oshiq xalq dostonlarini to‘la yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining badiiy jihatdan boshqalarnikidan mukammal bo‘lishiga erishgan. «Alpomish» dostoni nafaqat uning ijodida, balki o‘zbek xalq dostonchiligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu dostonda o‘zbek xalqiga xos eng ezgu sifatlar haqqoniy hamda ta’sirli aks ettirilgan. “... xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-momot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan”. «Alpomish» dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qish davomida o‘ziga atashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bo‘lmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do‘st tutingani uchun Hakimbekning yonida o‘zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko‘pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg‘och timsollari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko‘rasiz. «Alpomish» dostonida o‘zbek millatiga xos eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqimizning ma’naviy olamini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir. Shuning uchun ham 1999-yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda bayram qilindi. Aziz o‘quvchi! Agar siz o‘zbek degan xalqni yuksaltirgan, uni dunyoga tanitgan axloqiy xususiyatlar nimalar ekanligini tuymoqchi, bobolaringizni olamga mashhur etgan ma’naviy fazilatlarning ildizi qayerdanligini bilmoqchi, ajdodlarning or-nomus, so‘zga egalik, bag‘rikenglik va kechirimlilik singari jihatlaridan o‘rnak olmoqchi bo‘lsangiz, dostonni diqqat bilan o‘qib chiqib tushunishga harakat qiling. Bobolarimizning qahramonlik otmishiga qiladigan safaringiz xayrli bo‘lsin! Download 444.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling