Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet49/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III.Yangi mavzu bayoni.

MUSADDAS
Sayding5 qo‘yaber, sayyod6, sayyora ekan mendek,
Ol domini7 bo‘ynidin, bechora ekan mendek,
O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun8, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek,
Kes rishtanikim: qilsun chapaklar otub jasta,
Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari xasta.
Tog‘larg‘a chiqib bo‘lsun yori bilan payvasta,
Kel, qo‘yma balo domi birla oni pobasta,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Besh kun seni davringda bechora xirom1 etsun,
Ohular ila o‘ynab, ayshini mudom etsun,
Yomg‘ur suvi to‘lganda, tog‘ lolani jom etsun,
Haqqingg‘a duo aylab, umrini tamom etsun,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Tog‘da ochilib lola, yer sabza bahor o‘lsa,
Oxir bu nechuk bedod2, olam anga tor o‘lsa,
Chiqmay desa joyidan, uzlatda3 〰gor4 o‘lsa,
Gar chiqsa banogohi domiga duchor o‘lsa.
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Bechorani zulm aylab, qo‘l, bo‘ynini bog‘labsan,
Har sori chekib-sudrab, o‘ldurgali chog‘labsan,
Ko‘ksini jafo birla lola kabi dog‘labsan,
Sot menga, agar qasding olg‘uvchi so‘roqlabsan,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.
Yo‘q hushi, pari tekkan devonag‘a o‘xshaydur,
Ko‘z yoshi yana to‘lgan paymonag‘a o‘xshaydur,
G‘am seli bilan ko‘ngli vayronag‘a o‘xshaydur,
Furqatda bu Sa’dullo hayronag‘a o‘xshaydur,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari, bag‘ri sadpora ekan mendek.


KASHMIRDA
Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda,
Ko‘zlari mas’hur-u1 yuz jodu erur tasxirda2.
Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob,
Subh kelgach kecha yotib chashmai Iksirda3.
Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut4 ikov,
Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.
Lam’ai5 quyg‘och ko‘zidin aning barqi nigoh,
Tezlik javharlari gar bo‘lsa har shamshirda.
Qoshi uzra xolining asroridin bir nuqtadur,
“Surayi Nun” o‘qudum payvasta har tafsirda.
Forig‘ ermas hech kim ul dilraboning ishqidin,
Zulfiga dilbastalig‘ har bir juvon-u pirda1.
Aytdim: “Ey jon ofati, zulfingga bo‘lmishman asir!”
Aydi: “Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda!”
“Nuqta lab ustida bejodur”, — dedim, aydi kulib:
“Sahv2 qilmish kotibi qudrat magar tahrirda”.
Aydi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?”
Man dedim: “G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling