Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Download 0.6 Mb.
bet22/116
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#210527
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116
Bog'liq
7-sinf MIG' konspekt [uzsmart.uz]

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.



b) davomatni aniqlash.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

1G'oyaning asosiy xususiyatlarini sanab ber.

2G'oyaning har bir xususiyatiga bitta misol ayta olasanmi?

3Daraxtning gurkirab o'sishi bilan g'oyaning rivojlanishi o'rtasida qanday o'xshashlik bor?

4Ezgu g'oyalar nima uchun o'lmaydi?

5 Asl va soxta g'oyalarni qanday farqlash mumkin?

III. Yangi mavzuning bayoni.

Aziz vatandosh!

O'tgan suhbatlarimizdan ma'lum bo'ldiki, yaxshilik va yomonlik, yangilik va eskilik o'rtasida qadim-qadimdan kurash boradi. Taraqqiyot qonuniyati shundayki, bunday kurashda insonni yaratishga, yangiliklar qilishga undaydigan bunyodkor g'oyalar hamisha vayronkor g'oyalar qarshiiighza duch keladi.Prezidentimiz Islom Karimov bunday ziddiyat mohiyatini atroflicha tushuntirib, «odamning qalbida ikkita kuch — bundyodkorlik va vayronkorlik hamisha o'zaro kurashadi»2 deydilar.Bunyodkor so'zining ma'nosi yaratuvchi deganidir. Shundan kelib chiqqan holda, bunyodkor g'oyaga bunday ta'rif berish mumkin:Buni yodda tut. Insonning qalbi va ongida yaratuvchilik salohiyatini uyg'otib, o'z xalqi, Vatani va insoniyatga foydali ishlar qilishga safarbar etadigan g'oya bunyodkor g'oyadir. Har bir xalq hayotida bunyodkor g'oyalar yetakchi o'rinda turadi. Chunki har bir xalq o'zining nimalarga qodir ekani, butun yaratuvchilik qudratini faqat bunyodkorlik orqali namoyon etadi. Sen buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temuming «Kimki bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga qarasin» degan da'vatkor so'zlarini yaxshi bilasan. Bu so'zlarda xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, kuch-qudrati qanchalik katta ekaniga ishora qilingan. E'tibor berganmisan, ulug' ajdodimiz bu o'rinda, «bizning lashkarimizga, boyliklarimizga, bizning dunyoning teng yarmini egallab yotgan ulkan saltanatimizga qarasin» deb aytmagan. Nima uchun? Vaholanki, shunday deb aytganida ham u hech qanday xato qilmagan bo'lardi. Shunday deb aytganida ham xalqimizning qudratini ma'lum ma'noda ifoda etgan bo'lardi. Chunki Amir Temur hukmronlik qilgan paytda dunyoda uning lashkariga teng keladigan armiya, uning xazinasiga teng keladigan boylik, uning saltanatidek saltanat bo'lmagan. Lekin jahongir bobomiz o'z davlati va xalqining shuncha qudratli belgilaridan faqat bittasi va eng asosiysiga urg'u bergan. U ham bo'lsa, xalqning bunyodkorligi. Buning zamirida katta ma'no bor. Bu ma'no shundan iboratki, Amir Temur davlati erishgan barcha yutuqlar avvalambor xalqning bunyodkorligiga asoslangan. Xalqning bunyodkorlik fazilati esa ayniqsa o'sha paytda barpo etilgan go'zal va betakror obidalarda yaqqol namoyon bo'lgan.Xalqimizning bunday fazilati bizning olis tariximiz davomida shakllanib, muttasil boyib borgan bunyodkor g'oyalardan oziqlangan. Bundan 2700 yil ilgari yaratilgan bebaho ma'naviy merosimiz bo'lmish «Avesto» kitobidagi «ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan qoida xalqimizning qadim zamonlardan boshlab bunyodkorlikni o'zi uchun asosiy maqsad, asosiy mafkura deb bilganidan dalolat beradi. Bu qoida zamirida insonning o'ylaydigan fikrida ham, gapiradigan gapida ham, qiladigan ishida ham faqat yaxshilik bo'lsin, shunda uning butun hayoti bunyodkorlikdan iborat bo'ladi, degan ma'no mujassam.Yoki yana bir buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband hazratlarining «Dil ba yoru dast ba kor», ya'ni «Diling — Ollohda, qo'ling — mehnatda bo'lsin» degan da'vatini eslab ko'r. Bu hikmat har bir ishingni aniq maqsadni ko'zlab, oxirini o'ylab qil, vaqtni bekor o'tkazma, degan ibratli fikrni ifoda etadi. Agar chuqurroq o'ylab ko'rsang, Olloh ham, u yaratgan narsalar ham doimiy harakatda, ya'ni doimiy mehnatda. Bu harakatlarning barchasi aniq maqsadga qaratilgan. Dunyoda maqsadsiz yaratilgan, ortiqcha bo'lgan narsaning o'zi yo'q. Zamonaviy ilm-fan shuni tasdiqlamoqdaki, hattoki eng mayda hasharotlar ham dunyoda qandaydir muvozanatni saqlab turadi. Agarda ular yo'qotilsa, olamdagi muvozanat buziladi. Ulug' bobomiz ana shu haqiqatni nazarda tutib insonlarga qarata, sen ham Ollohdan ibrat ol, erta-yu kech mehnatda bo'l, harakatdan to'xtama, demoqda, harakat esa, bunyodkorlikdir. Chin dildan harakat qilmaydigan, o'ylamaydigan, mustaqil fikrlay olmaydigan, kirn nima buyursa indamay bajarib ketaveradigan odamning ishini esa torn ma'nodagi bunyodkorlik deb bo'lmaydi. Chunki mehnat paytida odamning butun vujudi ishlamasa, uning natijasidan hech kirn bahra topmaydi. Faqat sidqidildan qilingan mehnatdan haqiqiy mo'jizalar bunyodga keladi.Bunyodkor mehnat mahsuli bo'lgan bunday mo'jizalarni dunyoda ko'plab uchratish mumkin. Misr ehromlari, Rim va Parij, Venetsiya shaharlari, ko'hna sharq obidalari ana shunday mo'jizalardir. Yurtimiz- dagi Samarqand, Buxoro va Xiva singari ko'hna shaharlar, Registon, Shohizinda, Sitorai Mohixossa, Ichanqal'a kabi noyob me'moriy obida- lar, «Shashmaqom»dek betakror san'at obidalari ham insoniyat aql- zakovati bilan yaratilgan shunday mo'jizalar qatorida turadi. Va biz buyuk ajdodlarimizdan meros bunday boyliklarimiz borligidan faxr-iftixor qilib yashaymiz, o'zimiz ham kelajakda ana shunday bunyodkorlik ishla- rini amalga oshirishga harakat qilamiz.Xalqimizga xos bunyodkorlik an'analari mustaqillik yillarida qayta tiklanib, munosib davom ettirilayotganidan xabaring bor, albatta. Bunda Prezidentimizning mustaqillikning birinchi yillaridanoq «Yangi uy qurmay turib eskisini buzmang» degan g'oyani o'rtaga tashlab, xalqimiz uchun bunyodkorlikni asosiy maqsadga aylantirgani ulkan ahamiyatga ega bo'lganini aytib o'tish lozim. Chunki istiqlolning dastlabki yillari har tomonlama juda murakkab bir davr edi. O'shanda ba'zi davlatlar mustaqillik g'alabasidan qandaydir mast bo'lib, endi yangi jamiyat quramiz, deb, yaratishdan ko'ra buzishga ko'proq moyillik bildira boshlagan edi. Lekin yangi jamiyatni bir kunda, hatto bir-ikki yilda ham qurib bo'lmaydi. Bu — uzoq davom etadigan, ko'p izlanish va tajribalarni, doimiy mashaqqatli mehnatni talab etadigan murakkab jarayon. Bu haqiqatni chuqur anglagan davlatimiz rahbari eskisini saqlagan holda, yangisini qurish yo'lini tanladi. Bu yo'lning ahamiyati shundan iborat bo'ldiki, u awalo yurtdoshlarimiz qalbidagi bunyodkorlik tuyg'usini uyg'otdi, ularni buyuk ajdodlarimiz an'analarini munosib davom ettirishga undadi. Bunyodkor g'oyalar bugungi kunda insoniyat oldidagi umumiy xavf- xatarlarga qarshi millatlar va xalqlarni birlashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Zamon talablariga mos ia\ishda o'tkazilayotgan turli tadbirlarda bunday g'oyalar asosiy o'rin tutmoqda. Masalan, xalqaro sport musobaqalari, ilmiy-madaniy anjumanlar, san'at bayramlari, kinofestivallarda dunyodagi taraqqiyparvar kuchlarni birlashtirish, do'stlik, inoqlik, tinchlik-totuvlik kabi bunyodkor g'oyalar asosiy o'rin tutmoqda. Shu ma'noda, bunyodkorlik barcha ilg'or va taraqqiyparvar g'oyalarning ma'no-mazmunin , ruhini belgilaydigan, xalqlarni o'zaro yaqinlashtiradigan o'lmas fazilatdir desak, mubolag'a bo'lmaydi.Sen insonga berilgan ko'pgina ta'riflarni eshitgan bo'lsang kerak. Insonni — Yaratganning buyuk mo'jizasi, ulug' va betakror zot, tabiat gultoji, aql-idrok sohibi, qudrat egasi deymiz va hokazo. Bu ta'riflarning barchasi to'g'ri. Lekin insonni ana shu ta'riflarga munosib qilgan uning bunyodkorligidir. Agar inson aqli bilan o'ylab-fikrlab ijod qilmasa, qo'li bilan tengsiz mo'jizalar yaratmasa edi, uning ta'rifiga shuncha go'zal so'zlar ham aytilmas edi.Bunyodkorlik awalo tabiatga xos. Mo'jizalarga to'la olamning yaratilishi — haqiqiy ijodkorlik va bunyodkorlik mahsuli. Tabiat gultoji bo'lmish inson esa bu borada boshqa jonzotlardan ustun turadi.Xulosa qilib aytganda, toki insonning ezgu intilishlari, olijanob maqsadlari bor ekan, uning qalbida adolat va haqiqatga bo'lgan ishonch bor ekan, bunyodkor g'oyalar hech qachon o'lmaydi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling