Sana: Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 10 Mavzu


Yangi Ittifoq shartnomasi va GKChP


Download 0.53 Mb.
bet109/110
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#230257
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
10sinf O'z.tarixi konspekt [uzsmart.uz]

Yangi Ittifoq shartnomasi va GKChP. O‘zbekistondagi bunday voqealar hamda Sovet Ittifoqi tarkibidan 1990-yil mart - may oylarida Litva, Latvi- ya va Estoniyaning chiqib ketishi SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 1990-yili SSSRda kommunistik partiyaning hukmronligidan voz kechildi va milliy harakat kuchaydi. Boltiqbo‘yi mamlakatlari o‘z mustaqil- liklarini e’lon qilishdi. Hatto 1990-yil 12-iyunda RSFSRning davlat suvereni- teti to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 17-martda birinchi marta SSSRda umumxalq referendumi o‘tkazilib, Markaz tomonidan Ittifoqni saqlab qolish uchun jiddiy harakat qilindi.

Ozbekis- ton hali Ittifoq tarkibida bo‘lib, SSSRning konfederativ davlatga aylanishiga ko‘pchilik umid qilib turgan mahalda muhim siyosiy voqea yuz berdi. O‘zbekis- ton o‘zini SSSRdan mustaqil deb e’lon qildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekis- ton Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida prezident I.A.Karimovning ma’ruzasi tinglandi. Sessiyada “O‘zbekiston Res- publikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qilin- di. Mazkur qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda suveren O‘zbekiston Res- publikasining asosiy belgilari aniqlab berildi.

Shunday qilib, xalqimizning mustaqillikka erishishdek asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Rossiya imperiyasi va SSSRning 125 yil davom etgan mustamlakachilik davriga chek qo‘yildi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling