Sana: Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 10 Mavzu


Qayta qurishning birinchi bosqichi


Download 0.53 Mb.
bet101/110
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#230257
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110
Bog'liq
10sinf O'z.tarixi konspekt [uzsmart.uz]

Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1986-yillar) ma’muriy tash- kiliy tadbirlarni an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi. Mazkur bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi.

Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987 - 1989-yillar) jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Xusu- san, 1987-yil yanvar va 1988-yil iyunda bu vazifalar yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kucha- yishiga imkoniyat yaratdi. Ammo mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlami oxiriga yetkazish mumkin Fargona. 1989-yil yozi bo‘lmadi.

Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbariyati Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. Respublika rahbariyati Markazdan qochish va uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi. O‘sha paytdagi O‘zbekiston siyosiy rahbariyati ijtimoiy-ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi “internatsionalizm” mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urindi. Bu narsa o‘zbek tili, islom dini, milliy urf-odat va an’analar, marosimlar, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol ko‘rindi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling