Sana III chorak 83-sahifa 1 mavzu: Geometrik shakllar Uzunlik va uning birligi: santimetr Darsning ta’limiy maqsadi


Download 0.52 Mb.
bet2/3
Sana17.05.2020
Hajmi0.52 Mb.
#107242
1   2   3
Bog'liq
1-sinf-matematika-3-ch-namuna


Darsni mustahkamlash;

Og'zaki savol-javob o'tkazish:

— Santimetr nechta katakka teng?

— Santimetr ikki katakka teng.

— Santimetr qanday yoziladi?

— Santimetr qisqartirib «sm» deb yoziladi, ammo santimetr deb to'liq o'qiladi.



Darsni yakunlash.

O'quvchilarning bilimini baholash, faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.



Uyga vazifa. Darslikning 83-betidagi 4-misol.

sana_______

2 MAVZU: Geometrik shakllar 1-6- misol, masala 84-sahifa

Darsning ta’limiy maqsadi;

a) o'quvchilarni kesmalarning uzunligini o'lchash haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash;

b) o'quvchilarni o’tilgan mavzular yuzasidan misol va masalalarni yechish ko’nikmalarini oshirib borish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi; Markaziy Osiyo mutafakkir va ma’rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o’g’it va nasihatlarni o’rgatib, ularga amal qilishni uqtirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi;Yangi dars texnologiyalari orqali o’quvchilardagi fikriy bog’liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish.

O`quv jarayoniga oid kompetetsiyalar: TK1 matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish; sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish.TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.TK6 murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan foydalana olish.FK2 o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy masaladagi maqsadni ifodalay oladi, o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;

Darsning turi: Aralash, savol-javob.

Darsning jihozlanishi:

a) 1-sinf «Matematika» darsligi;

b) geometrik shakllar.

Darsning borishi:

1. O'quvchilar diqqatini darsga jalb etish.



2. Uy vazifasini tekshirish. Darslikning 83-betidagi 4-misol.

Yangi mavzuning bayoni:

1-masala. Chizg‘ichdan to‘g‘ri foydalaning:

O`quvchilarga chizg`ichdan qanday foydalanish kerakligini o`rgatish.
2-misol. Shakllarni daftaringizga chizing:

  1. Tomonlari 2 sm bo’lgan kvadrat chizish.




  1. tomonlari 2 sm va 3 sm bo’lgan to’rtburchak chizish.




3-masala. Rasm asosida masala tuzishga va uni yechishga o’rgatish.

Issiqxonada 50 tup gul ko‘chati ekilgan edi. Shundan 20 tup gul ochildi. Necha tup gul hali ochilmagan?

Ekildi – 50 tup

Ochildi – 20 tup

Ochilmagan-? Tup

50 – 20 = 30



Javob: 30 tup.

4-misol. O’quvchilarga diqqatlarini darslikning 4-misolda qaratishlarini aytish.

kerakli sonlarni yozing.

Ularga chizg’ich yordamida nuqtalarni birlashtirishlarini aytish va qanday shakl hosil bo’lganini so’rash. Hosil bo’lgan shakllarni daftarlariga chizishlarini aytish.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling