Sana: Mavzu: Bo`lishsizlik olmoshlari Darsning maqsadi: a ta`limiy maqsad


Download 285.06 Kb.
bet4/4
Sana22.03.2023
Hajmi285.06 Kb.
#1286374
1   2   3   4
Bog'liq
marjona2

“Hech narsangni kir qilma, ozoda
tut”, - dedi onasi qizchasiga.
76-mashq. (Yozma)
Hech nima, hech kim olmoshlarini kelishik qo`shimchalari bilan turlang. Ularni gap ichida keltiring.
Bosh kelishik: hech kim
Qaratqich kelishigi: hech kimning
Tushum kelishigi: hech kimni
Jo`nalish kelishigi: hech kimga
O`rin-payt kelishigi: hech kimda
Chiqish kelishigi: hech kimdan

V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash. Savollar:

  • Bo`lishsizlik olmoshlari deb nimaga aytiladi?
  • Bo`lishsizlik olmoshlariga kelishik qo`shimchalari qay tartibda qo`shiladi?
  • Bo`lishsizlik olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.
  • O`quvchilar quyidagi rasmlarga qarab gaplar
  • tuzishadi. Undagi bo`lishsizlik olmoshlarini topib, izohlashadi.


VI. Uyga vazifa 77-mashq. O`zingiz sevgan badiiy asardan parcha ko`chirib yozing. Unda qo`llangan olmoshlarni topib, ularning turini aniqlang.
O`quvchilarni “kredit kartochkalari” bilan “5”, “4”, “3” baholar bilan baholanadilar. “Kredit kartochkalari” jamlanadi. Bu kartochkalarni nimaga ishlatish so`raladi.
Javoblar: 1-guruh. Biz bu “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni “Mehribonlik uyi” uchun sarflamoqchimiz. 2-guruh. Biz “Kredit kartochka” dagi mablag`imizni jismonan sog`lom bo`lgan sportchilar uchun sarflamoqchimiz. 3-guruh. “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni mustaqil O`zbekistonning rivoji uchun sarflamoqchimiz. 4-guruh. Biz “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni ta`lim sohasi uchun sarflamoqchimiz. 5-guruh. Biz “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni oilalar mustahkamligi uchun uchun sarflamoqchimiz.
Download 285.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling