Darsning metodi: Suhbat, mustaqil ishlash, bahs - munozara.
Darsning jihozi: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish; b) navbatchining axboroti; s) sinf tozaligini nazorat qilish.
II. O`tgan darsda berilgan topshiriqni so`rab , o`quvchilar bilimini baholash.
Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish. Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o'quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni:
a) 1 ∙ 2 ∙ 3 = 6 bo‘lgani uchun 6 soni 1 ga, 2 ga, 3 ga bo‘linadi. 1, 2 va 3 sonlari 6 sonining bo‘luvchilari deyiladi.
b) 36 : 4 = 9. 36 soni 4 ga qoldiqsiz bolinadi. Demak, 36 soni 4 sonining karralisi.
d) 36 sonining barcha boluvchilarini yozib chiqing: 1, 2, 3, 4, 6, 9, 12, 18, 36. 36 soni ozining barcha boluvchilari uchun karralidir.
e) 3 soniga tortta karrali sonlarni topish uchun uni 1, 2, 3, 4 ... sonlariga kopaytiring: 3, 6, 9, 12, ... Bu sonlar 3 ga karrali sonlardir.
|
1-misol. a) 12 sonining boluvchilarini sonlar oqida belgilang:
b) 2; 4; 7; 8 sonlarining har biriga 4 tadan karrali son toping. Namuna: 2 soniga karrali sonlar: 2, 4, 6, 8.
2-misol. a) 48 soni nechta songa qoldiqsiz bolinadi? 48 : 8 = 6 48 : 6 = 8
b) 54 soni nechta songa qoldiqsiz bolinadi? 54 : 6 = 9 54 : 9 = 6
Tahlil qiling, ulardan qaysi biri koproq songa bolinadi?
3-masala. Ikki son kopaytmasidan 72 soni hosil qilindi. Buni necha usulda amalga oshirish mumkin?
Yechish: 8 · 9 = 72 9 · 8 = 72
Do'stlaringiz bilan baham: |