Darsning metodi: Suhbat, mustaqil ishlash, bahs - munozara.
Darsning jihozi: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish; b) navbatchining axboroti; s) sinf tozaligini nazorat qilish.
II. O`tgan darsda berilgan topshiriqni so`rab , o`quvchilar bilimini baholash.
Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish. Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o'quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni: Rim raqamlari
Qadimgi Rimda I = 1, V = 5, X = 10, L = 50, C = 100, D = 500, M = 1000 korinishidagi raqamlardan foydalanilgan.
Bu raqamlar rim raqamlari deyiladi. Kichik rim raqami katta raqamdan ongda yozilsa, ular qoshiladi. Masalan: VI = 5+1 = 6, XII = 10+2 = 12, CXV = 100+10+5 = 115.
Agar chapda yozilsa, ayiriladi: IV = 51 = 4, IX = 101 = 9, XC = 10010 = 90. Bir xil raqamlar 3 martadan kop ketma-ket yozilishi mumkin emas. Rim raqamlari yordamida yozilgan eng katta son: 3999 (MMMCMXCIX).
|
1-misol. Rim raqamlari qaysi ketma-ketlikda yozilishidan qati nazar bir xil qiymatga ega. Masalan: XXX yozuvida har bir X belgisi 10 ga teng. Shuning uchun rim raqamlari qaysi sistemaga misol bola oladi, pozitsionmi yoki nopozitsionmi?
2misol. Quyidagi sonlarni rim raqamlaridan foydalanib yozing:
23, 37, 148, 285, 692, 893, 968.
3-misol.
390 : 3 + 409 = 539 195 · 5 632 + 8 = 343 160 · 4 392 = 248
798 : 7 + 476 : 2 = 1060 705 : 5 + 423 = 564 420 : 6 + 558 : 9=132
4-misol. Toshkentdagi «Humo arena» muz saroyi qurilishiga 2480 nafar turli soha mutaxassislari jalb etildi. Shulardan 6 nafari arxitektor, 20 nafari muhandis, 50 nafari montaj ustasi, qolganlari ishchilar. Bu arenaning qurilishida necha nafar ishchi qatnashgan?
Yechish: 2480 ( 6 + 20+ 50) = 2404 Javob: 2404 nafar ishchi qatnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |