Darsning metodi: Suhbat, mustaqil ishlash, bahs - munozara.
Darsning jihozi: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish; b) navbatchining axboroti; s) sinf tozaligini nazorat qilish.
II. O`tgan darsda berilgan topshiriqni so`rab , o`quvchilar bilimini baholash.
Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish. Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o'quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni: Og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish
1-misol. Yechilishini tushuntiring: 5 = 10 : 2 bo‘lgani uchun 5 ga ko‘paytirishdan 2 ga bo‘lib, 10 ga ko‘paytirish osonroq.
440 ∙ 5 = (440 : 2) ∙ 10 = 220 ∙ 10 = 2200. Shuning uchun, 5 ga ko‘paytirilayotgan sonni 2 ga bo‘lib, keyin bo‘linmani 10 ga ko‘paytirish oson.
2–misol. Qulay usul bilan hisoblang. Og`zaki ko`paytiring.
280 ∙ 5 = 1400 360 ∙ 5 = 1800 740 ∙ 5 = 3700 920 ∙ 5=1900
3-misol. 74:2 = 37 364:2 = 182 546:3 = 188 4568:4 = 1142
51:3 = 17 726:2 = 363 783:3 = 261 8724:4 = 2181
4-masala. Toshkent metrosida birinchi kunda 2390 dona jeton, ikkinchi kuni 1195 dona jeton sotildi. Ikkinchi kuni sotilgan jetonlar birinchi kunda sotilgan jetonlarning qancha qismini tashkil etadi?
Yechish: 2390 1195 = 1195 Javob: 1195 ta jeton teng yarmi, 2 dan 1 qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |