Sana: sinf: 5 3-mavzu


Download 15.54 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi15.54 Kb.
#186025
Bog'liq
11-m


Sana: sinf: 5

3-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz (18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,atrof-muhitga bo`lgan mehrlarini va qiziqishlarini rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi bayrog’i, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz

O`qituvchi:

BAYROG'IMIZ — FAXRIMIZ, G'URURIMIZ!



1991 yil 18 noyabr biz – O‘zbekiston fuqarolari uchun qadrli va unutilmas kunlardan biridir. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII Sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

1992 yil 2 martda yana bir muhim voqeaning guvohi bo‘ldik. Birlashgan Millatlar Tashkilotida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi. Bugun u davlatimiz mustaqilligining jahoniy ifodasi, xalqimiz g‘ururi, iftixori, orzu-umidining ramzi bo‘lib hilpirab turibdi.

Vatan timsollari, davlatimiz ramzlariga, agar ko‘ngil ko‘zi bilan qarasak, ularning har biri o‘ziga xos maktab, alohida kitob ekanini anglaymiz. Xo‘sh, uni kim o‘qiy oladi? Kim bu ramzlar mohiyatidagi ezgu niyatlarni teran anglay oladi? Albatta, birinchi galda o‘z Vatanini chin dildan sevgan, o‘z xalqini ardoqlashga qodir, taqdirini yurti taqdiri bilan chambarchas bog‘liq ko‘ra oladigan insonlar ularni o‘qiydi, anglaydi. Vatanimiz bayrog‘i, u bilan bog‘liq tuyg‘ular, ta’sirchan lahzalar haqida beixtiyor ko‘z oldimga Sidneyda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari kelaveradi. Ana Muhammadqodir Abdullaev olimpiada g‘olibi deb e’lon qilindi. Ring ichida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib mag‘rur va masrur davra aylanmoqda. G‘olib sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jaranglab, boshqa ikki davlat bayrog‘ining o‘rtasida, ulardan yuqorida bizning bayrog‘imiz ko‘tarilmoqda. Muhammadqodir qo‘lidagi bayroqni mahkam bag‘riga bosgancha mag‘rur turibdi. Ko‘zlarida sevinch yoshlari...

Tanimni yoqimli titroq chulg‘aydi, ko‘zlarimga yosh qalqiydi. Bu holni tushuntirib, ifodalab berish qiyin. Lekin aminmanki, bu tuyg‘u nima ekanini O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan har bir inson yaxshi anglaydi, yurakdan tuyadi.

Shuni faxr bilan aytamizki, o‘tgan yillar davomida qanchadan-qancha sportchilarimiz Olimpiada o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuzlab marta Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga erishdilar. Ha, bayroq kishiga ana shunday g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i mamlakatimiz suverenitetining ramzi bo‘lib, unda milliy davlatchiligimiz, mustaqil va mustahkam davlat barpo etish borasidagi ezgu g‘oyamiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligimiz, orzu-maqsad va intilishlarimiz, or-nomusimiz va g‘ururimiz aks etgan.

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i respublika davlat suverenitetining ramzidir”. Qonunning 3-moddasida aytilganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda: O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi”.

Dunyoda davlat bayroqlari ko‘p, lekin ular ichida O‘zbekiston bayrog‘i eng ko‘rkam va chiroylisidir. Negaki, u qalbimiz, ruhimizga tutashdir. Unda olam-olam ma’nolar mujassam. Bayroqdagi navqiron yarim oy tasviri milliy-tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham sanaladi.12 yulduz tasvirida o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ifoda etilgan. Undagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzidir. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda bo‘lgan. Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib, poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi va ichki go‘zallikka intilishni namoyon etadi. Yashil rang – o‘zida tabiatning yangilanishini ifoda etadi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar esa vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatib turadi.

Topshiriq: “O′zbekiston Respublikasi Davlat bayrog′i haqida “BAYROG'IMIZ — FAXRIMIZ, G'URURIMIZ!” mavzusida matn tuzish.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

O’qituvchi: _____________ I.Xujabekov

MMIBDO’: _______________ Sh. Maxramova


Download 15.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling