Sana: Sinf: 8 sinf Mavzu: Suv-murakkab modda. Suvning fizik va kimyoviy xossalari Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 0.59 Mb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#235804
1   2   3
Bog'liq
suv

Darsda qo’llaniladigan metodlar:

FSMU, klaster, kim topqir? , topgan-topaloq, baliq skeleti



Darsda foydalaniladigan jihozlar:

Kimyoviy elementlar davriy jadvali, elektron darslik, slayd, texnik jihozlar, magnit doska, ko’rgazmali va didaktik materiallar



I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomatni aniqlash d) siyosiy daqiqa

Dars bosqichlarining texnologik xaritasi:





Dars bosqichlari

Vaqt taqsimoti (daqiqada)

Foydalanilgan

Usullar

1

Tashkiliy qism

3




2

O’tilgan mavzularni so’rash va xulosalash

10

FSMU, topgan-topaloq

3

Yangi mavzu bayoni

15

Klaster, jadvallar asosida

4

Mustahkamlash

10

Nazorat testi, laboratoriya ishi

5

Baholash

5




6

Uyga vazifa

2





Kutiladigan natijalar

O’qituvchi

O’quvchi

Mavzuni ko’rgazmalar asosida to’liq yoritadi.

Interfaol usullardan foydalanib o’quvchilarni faollashtiradi

Fanga qiziqishlarini uyg’otadi

O’quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo’lgan savollarga atroflicha javob beradi

Tahlillar asosida o’quvchilarni oqilona baholaydi

Maqsadga erishadi



Mustaqil ishlash va fikrini bayon qilish ko’nikmalarini hosil qiladi

Mavzu yuzasidan berilgan misol va masalalarni yecha oladi

Yakka va guruhlarda ishlash malakasiga ega bo’ladi

Mavzu bo’yicha yetarli bilim ko’nikmalarni oladi

Mavzu mazmuni bilan tanishadi Mavzuni o’zlashtiradi



II O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tgan darsning takrori

Bugunning poydevori.



  1. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishdan avval mavzuga qiziqtirish uchun topishmoqlar beriladi. Masalan:

Elementlar karvonin,

Boshida u turadi.

Uzilib qolsa bog’lar,

Darhol birlashtiradi. (Vodorod)

U bo’lmasa yonmas olov,

Qozonlarda pishmas palov. (Kislorod)

U yomg’irdir, udir qor,

Tuman hamda yaxmalak.

Yaxshilikni keltirar,

Muz bo’lib sumalak. (Suv)

O’quvchilarning javoblaridan ularning jamoasi nomi aniqlanadi. Ular uch guruhga – “Vodorod”, “Kislorod”, “Suv” guruhlariga bo’linadi.


  1. O’quvchilar FSMU texnologiyasi asosida quyidagi jadvalni to’ldirib, izohlab beradilar.




Fikr

Sabab

Misol

Umumlashtirish

Vodorod – kelajak yoqilg’isi

Yongandan faqat suv hosil bo’ladi. Shu sababdan atrof-muhitni ifloslamaydi.

Vodorod – kislorod alangasi harorati 3000oC qiyin suyuqlanadigan metallar hamda kvarsni kesish va payvandlash imkonini

Vodorod – kelajak yoqilg’isi sifatida istiqbolga ega. Tabiatni ifloslamasligi eng muhim tomoni.

III Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu – yangi dunyo

Unda bor ming-ming ma’no.

• Suv — Yer sharida eng ko'p tarqalgan muhim kimyoviy birikmalardan biri.

Suv vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan murakkab modda bo'lib, tarkibida ikki atom vodorod va bir atom kislorod tutadi.Suvning molekular formulasi H20 shaklida ifodalanadi. Suvda vodorod atom- lari kislorod atomi bilan 104,3° burchak hosil qilib birikkan. Suv molekulalari tabi- atda assotsiyatsiyalangan holda mavjud bo'ladi va (H2O)n tarzida ifodalanadi.



Suvning nisbiy molekular massasi uni tashkil qilgan vodorod va kislorod atom-larining nisbiy atom massalari yig'indisidan iborat: Mr(H2O) = 2∙1 + 1∙16 = 18.

Demak, 1 mol suvning massasi 18 g ga, suvning molyar massasi 18 g/mol ga teng.

Fizik xossalari. Toza suv rangsiz, ta'msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta'mni suvga unda erigan qo'shimchalar beradi. Suvning ko'p fizik xossalari va o'zgarish xarakteri o'ziga xos bo'lib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo'lgan holatdan chetlanish) bo'lib hisoblanadi. Masalan, suvning zichligi qattiq (muz) holatidan suyuq holatga o'tganda boshqa mod- dalarniki kabi kamaymasdan, balki ortadi. Suvni 0°C dan +4°C gacha isitilganda ham zichlik ortadi va +4°C da suv o'zining maksimal zichligiga ega bo'ladi va bu 1 kg/nr ni yoki 1 g/ml ni tashkil etadi.

Suvning yana bir xossasi uning yuqori issiqlik sig'imiga (4,18 J/K(g) egaligi (solishtirish uchun qum — 0,79; ohaktosh — 0,88; osh tuzi — 0,88; glitserin — 2,43; etil spirti — 2,85). Shuning uchun suvning tungi vaqtlarda yoki yozdan qishki mavsumga o'tishda sekin sovishi; kunduzi yoki qish- dan yozgi mavsumga o'tishda sekin isishi kuzatiladi.

Suv 0°C da muzlaydi (shu haroratda muz eriy boshlaydi), 100°C da qaynaydi va bug' holatiga o'tadi.Suv ajoyib universal erituvchi modda bo'lib, o'zida juda ko'plab anorganik va organik moddalarni eritish xususiyatiga ega.

Kimyoviy xossalari. Suvning kimyoviy xossalari klaster usulidan foydalangan holda bayon etiladi:
10000 C



Na

Katalizator



H2O



Oksidlar




Kristallogidratlar

Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 1000°C dan yuqori haroratda suv bug'lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi: 2H2O = 2H2 + O2.

Faol metallar suv bilan ta'sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi:

2Na + 2H2O = 2NaOH + H2

Ba'zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi:

CuSO4 + 5H2O = CuSO4∙5H2O

Qizdirilgan temir suv bug'i bilan reaksiyaga kirishadi: 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2.

Suv bir qator kimyoviy jarayonlarni katalizlaydi: agar suv ishtirok etmasa «qaldiroq gaz» yuqori haroratda ham portlamaydi, is gazi kislorodda yonmaydi, xlor metallar bilan ta'sirlashmaydi, vodorod ftorid oyna bilan ta'sirlashmaydi, natriy va fosfor havoda oksidlanmaydi hamda xlor bilan ta'sirlashmaydi.

Shuningdek, faol va passiv metallarning suvga ta’sirini o’qituvchi laboratoriya ishi orqali ko’rsatib, izohlab beradi. Masalan:

2Na + 2H2O = 2NaOH + H2

Cu + H2O ≠

IV Yangi mavzuni mustahkamlash Bilim bo’lsa mustahkam,

`Hech kimdan bo’lmaymiz kam.

“Tenglamani davom ettiring” usuli yordamida;


  1. Vodorod” guruhiga:

K K2O KH

H2 Na Zn Al O2 Cl2 F2
H2O

Kislorod” guruhiga:

Na Na2O NaH

H2 Na Zn Al O2 Cl2 F2


H2O

Suv” guruhiga:

Ca CaO CaH2

H2 Na Zn Al O2 Cl2 F2


H2O

B) “Kim topqir?” Bunda o’quvchilarning qolgan qismiga quyidagi nazorat testi beriladi. O’quvchilar test topshiriqlarini to’g’ri bajarsalar suv havzalaridan birining nomi kelib chiqadi. Kalit so’z – DARYO

1. Suv molekulasi formulasi to’g’ri berilgan javobni belgilang?

R. H2O2 A. HO D. H2O I. NH3 Y. NH4

2. Suv o’zining eng yuqori zichligiga qanday xaroratda erishadi?

A. +4oC R. +5oC G. -3oC O. -4oC N. 0oC

3. Chuchuk suv umumiy suv zahirasining necha foizini tashkil qiladi?

B. 3% R. 2% O. 5% M. 10%

4. Odam organizmining necha foizini suv tashkil qiladi?

B. 45% A. 68% R. 48% I. 60% Y. 65%

5. Suvda vodorod va kislorod atomlari bilan …. burchak hosil qilib birikadi?

B. 105,2o R. 103,4o O. 104,3o M. 101o

V Baholash. Bilimingiz oynasi,

Baholar majmuasi.

Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI Uyga vazifa: a) 31-32-mavzularni o’qish.

b) Suvning biologik ahamiyati haqida qo’shimcha ma’lumot to’plash.



c) Jadvalni to’ldiring


Muammo turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llarida sizning harakatlaringiz…

Ichimlik suvining tanqisligi











XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

TASARRUFIDAGI 96-KAR (ESHITMAYDIGAN) BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT MAKTAB-INTERNATI INING

KIMYO FANI O’QITUVCHISI

QO`SHCHANOVA XOSIYATNING 8-SINFLARDA

KIMYO FANIDAN

SUV-MURAKKAB MODDA. SUVNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI” MAVZUSIDA OCHIQ







Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling