Sana: Sinf: 8 sinf Mavzu: Suv-murakkab modda. Suvning fizik va kimyoviy xossalari Darsning maqsadi: Ta’limiy
Download 0.59 Mb.
|
suv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari Vaqt taqsimoti
- II O’tilgan mavzuni takrorlash
- Kimyoviy xossalari.
- Oksidlar Kristallogidratlar
- IV Yangi mavzuni mustahkamlash
- Muammo turi Muammoning kelib chiqish sabablari
- XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI TASARRUFIDAGI 96-KAR (ESHITMAYDIGAN) BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT MAKTAB-INTERNATI INING
- SUV-MURAKKAB MODDA. SUVNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI” MAVZUSIDA OCHIQ
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
FSMU, klaster, kim topqir? , topgan-topaloq, baliq skeleti Darsda foydalaniladigan jihozlar: Kimyoviy elementlar davriy jadvali, elektron darslik, slayd, texnik jihozlar, magnit doska, ko’rgazmali va didaktik materiallar I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomatni aniqlash d) siyosiy daqiqa Dars bosqichlarining texnologik xaritasi:
Kutiladigan natijalar
II O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tgan darsning takrori Bugunning poydevori. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishdan avval mavzuga qiziqtirish uchun topishmoqlar beriladi. Masalan: Elementlar karvonin, Boshida u turadi. Uzilib qolsa bog’lar, Darhol birlashtiradi. (Vodorod) U bo’lmasa yonmas olov, Qozonlarda pishmas palov. (Kislorod) U yomg’irdir, udir qor, Tuman hamda yaxmalak. Yaxshilikni keltirar, Muz bo’lib sumalak. (Suv) O’quvchilarning javoblaridan ularning jamoasi nomi aniqlanadi. Ular uch guruhga – “Vodorod”, “Kislorod”, “Suv” guruhlariga bo’linadi.
O’quvchilar FSMU texnologiyasi asosida quyidagi jadvalni to’ldirib, izohlab beradilar.
III Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu – yangi dunyo Unda bor ming-ming ma’no. • Suv — Yer sharida eng ko'p tarqalgan muhim kimyoviy birikmalardan biri. Suv vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan murakkab modda bo'lib, tarkibida ikki atom vodorod va bir atom kislorod tutadi.Suvning molekular formulasi H20 shaklida ifodalanadi. Suvda vodorod atom- lari kislorod atomi bilan 104,3° burchak hosil qilib birikkan. Suv molekulalari tabi- atda assotsiyatsiyalangan holda mavjud bo'ladi va (H2O)n tarzida ifodalanadi. Suvning nisbiy molekular massasi uni tashkil qilgan vodorod va kislorod atom-larining nisbiy atom massalari yig'indisidan iborat: Mr(H2O) = 2∙1 + 1∙16 = 18. Demak, 1 mol suvning massasi 18 g ga, suvning molyar massasi 18 g/mol ga teng.
Suvning yana bir xossasi uning yuqori issiqlik sig'imiga (4,18 J/K(g) egaligi (solishtirish uchun qum — 0,79; ohaktosh — 0,88; osh tuzi — 0,88; glitserin — 2,43; etil spirti — 2,85). Shuning uchun suvning tungi vaqtlarda yoki yozdan qishki mavsumga o'tishda sekin sovishi; kunduzi yoki qish- dan yozgi mavsumga o'tishda sekin isishi kuzatiladi. Suv 0°C da muzlaydi (shu haroratda muz eriy boshlaydi), 100°C da qaynaydi va bug' holatiga o'tadi.Suv ajoyib universal erituvchi modda bo'lib, o'zida juda ko'plab anorganik va organik moddalarni eritish xususiyatiga ega.
Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 1000°C dan yuqori haroratda suv bug'lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi: 2H2O = 2H2 + O2. Faol metallar suv bilan ta'sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi: 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2↑ Ba'zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi: CuSO4 + 5H2O = CuSO4∙5H2O Qizdirilgan temir suv bug'i bilan reaksiyaga kirishadi: 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2. Suv bir qator kimyoviy jarayonlarni katalizlaydi: agar suv ishtirok etmasa «qaldiroq gaz» yuqori haroratda ham portlamaydi, is gazi kislorodda yonmaydi, xlor metallar bilan ta'sirlashmaydi, vodorod ftorid oyna bilan ta'sirlashmaydi, natriy va fosfor havoda oksidlanmaydi hamda xlor bilan ta'sirlashmaydi. Shuningdek, faol va passiv metallarning suvga ta’sirini o’qituvchi laboratoriya ishi orqali ko’rsatib, izohlab beradi. Masalan: 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2↑ Cu + H2O ≠
`Hech kimdan bo’lmaymiz kam. “Tenglamani davom ettiring” usuli yordamida;
“Vodorod” guruhiga: K K2O KH H2 Na Zn Al O2 Cl2 F2
“Kislorod” guruhiga: Na Na2O NaH H2 Na Zn Al O2 Cl2 F2 H2O “Suv” guruhiga: Ca CaO CaH2 H2 Na Zn Al O2 Cl2 F2 H2O B) “Kim topqir?” Bunda o’quvchilarning qolgan qismiga quyidagi nazorat testi beriladi. O’quvchilar test topshiriqlarini to’g’ri bajarsalar suv havzalaridan birining nomi kelib chiqadi. Kalit so’z – DARYO 1. Suv molekulasi formulasi to’g’ri berilgan javobni belgilang?
2. Suv o’zining eng yuqori zichligiga qanday xaroratda erishadi? A. +4oC R. +5oC G. -3oC O. -4oC N. 0oC 3. Chuchuk suv umumiy suv zahirasining necha foizini tashkil qiladi? B. 3% R. 2% O. 5% M. 10% 4. Odam organizmining necha foizini suv tashkil qiladi? B. 45% A. 68% R. 48% I. 60% Y. 65% 5. Suvda vodorod va kislorod atomlari bilan …. burchak hosil qilib birikadi? B. 105,2o R. 103,4o O. 104,3o M. 101o
Baholar majmuasi. Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
b) Suvning biologik ahamiyati haqida qo’shimcha ma’lumot to’plash. c) Jadvalni to’ldiring
XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI TASARRUFIDAGI 96-KAR (ESHITMAYDIGAN) BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT MAKTAB-INTERNATI INING KIMYO FANI O’QITUVCHISI QO`SHCHANOVA XOSIYATNING 8-SINFLARDA KIMYO FANIDAN “SUV-MURAKKAB MODDA. SUVNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI” MAVZUSIDA OCHIQ Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling