Darsning tarbiyaviy maqsadi:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,o`tganlarning ruhini yod etish va Vatanimiz ozodligi uchun kurashgan insonlarning jasorati bilan tanish- tirish
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O`quvchilarda nutqiy bilm va ko`nikma hosil qilish.
Mustaqil fikrlashni rivojlantirish.Vatanparvarlik ruhini kuchaytirish.
O`quvchilarning so`z boyligini va lug`at boyligini oshrirish.
Darsning jihozi: multimediya anjomlari, devoriy stendlar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar ,mavzuga oid rangli rasmlar , tayanch so`zlar.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.Interfaol.
Dars rejasi:
Tashkiliy qisim-3daqiqa
Uy vazifani tekshirish-5 daqiqa
Yangi mavzu:Insondan xotira qoladi-10 daqiqa
Grammatika:Ko`chirma gaplar,ularda tinish belgilarining qo`llanishi-5daqiqa
O`tilgan mavzuni mustahkamlash-15 daqiqa
Uy vazifa berish, o`quvshilarni baholash-2daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qisim:Darsni tashkil qilish.O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Uy vazifani tekshirish,tahlil qilish va baholash.
Yangi mavzu: Tayyorlab qo`yilgan ko`rgazmali rasmlar,slaydlar asosida „Insondan xotira qoladi“ mavzusi tushuntiriladi.
O`quvchilarga xotira haqida tushuncha beriladi. Ulug` Vatan urushi qatnashchilari,qatag`onga uchragan vatandoshlarimiz va vatanimizni himoya qila turib jonini fido qilgan vatandoshlari- miz haqida suhbat uyushtiriladi .
“Bilib oling” rukunıda ko`chirma gaplar haqida ma’lumot beriladi.
O`zganing hech o`zgarishsiz berilgan gapi ko`chirma gap deyiladi. Ko`chirma gapda ikki xil gap bo`ladi:ko`chirma gap va muallif gapi.Muallif gapining kesimi deb so`radi,deb javob berdi,gapirdi,dedi, so`zladi,aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi. Masalan: “Dunyoda turmoq uchun,dunyoviy fan va ilm lozimdir,- degan buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo`ja Behbudiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |