Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Charxpalak” usulidan foydalaniladi. Bu mashg`ulotni o`tkazishdan maqsad o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish, erkin va mustaqil fikrlashga o`r- gatish, bilimlarini og`zaki va yozma nutqda qo`llay olish.Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`linib, har bir guruhga uchta flipchat (vat -man),uch xil rangdagi marker va ikki xil muammoli savol beriladi.Har guruh belgi
langan vaqt ichida flipchatlarni o`zaro almashib,o`z fikrlarini yozadilar. Flipchat- lar uch yoki to`rt marta almashtiriladi.Vaqt tugaganda, har bir guruhning o‘z flip- chati o`zida bo‘lishi kerak.So‘ng yozuvlarning rangiga qarab har bir guruh qancha fikr yoza olganligi aniqlanib, o`quvchilabaholanadi, rag‘batlantiriladi.Bu usul orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlariga,yozma nutq larini rivojlantirishga, bir-birining fikrini to‘ldirishga,butun sinfning bilim- ini tekshirishga imkon yarat- iladi.
1-guruh:Poytaxtimizdagi “Xotira maydoni”haqida ma’lumot bering.
2-guruh: Nechanchi yilda va qayerda “Shahidlar maydoni”yodgorliklar majmuasi barpo etildi?
3-guruh:Ko`chirma gaplar haqida ma’lumot bering.
Mashq va topshiriqlar:1-2-mashqlarni,1-2-topshriqlarni shartiga ko`ra bajarish.
O`quvchilar bilimini baholash:Darsdagi faolliklariga kora baholanadilar.
Uyga vazifa: “Xotira muqaddas”mavzusida mustaqil matn tuzish.
sana
sinf
Mavzu:Insondan xotira qoladi.(Ko`chirma gaplar,ularda tinish belgilarining ishlatilishi).
2-dars
Darsning ta’limiy maqsadi:
O`quvchilarga ko`chirma gaplar,ularda tinish belgilarini ishlatilishi haqida tushuncha berish.
Ularda nutqiy bilim va ko`nikma hosil qilish.
O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish, darsda ularni o`z fikrini erkin bayon qilishga o`rgatish.
Mustahkam fikrlashga o`rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,o`tganlarning ruhini yod etish va Vatanimiz ozodligi uchun kurashgan insonlarning jasorati bilan tanish- tirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |