Sana sinf Mavzu: Obodonchilik.(Holatga taqlid so‘zlar) 1-soat Darsning ta’limiy maqsadi


Download 130.27 Kb.
bet14/33
Sana22.02.2023
Hajmi130.27 Kb.
#1222905
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Dars ishlanmasi 8-9-sinf IYchorak

Yangi mavzuni mustahkamlash: Bunda o`qituvchi tomonidan shoir Akbar Humoyunning “Orzularda qanot bor ..” she’ri o`qib eshittiriladi:
Orzularda qanot bor, xolos,
Uchmoq mumkin yulduzlar aro.
Parvozlari olis, qanday soz
Lek na bulut va na ul Humo
Dilga ajib bag’ishlar orom,
Orzu qushi qo’ngan bu gulshan.
Ammo o’rtar ayriliq yomon,
Qaytgin kelmas yerga daf’atan.

Mazkur she’r asosida yangi mavzu tushuntiriladi. Bunda, she’r tarkibidagi qo`shma gaplar sodda – o`zlashtirma gaplarga aylantirish orqali nazariy bilim beriladi. Yosh shoir Humoyun o`z she’rlaridan birida: “Orzularda qanot bor”, – deb yozgan. Mazkur gap ko`chirma gapli qo`shma gap bo`lib, buni o`zlashtirma gapga quyidagicha aylantirish mumkin: Yosh shoir Humoyun o`z she’rlaridan birida orzularda qanot borligini aytgan. Gaplar bir-biriga taqqoslanadi va farqlar sanab o`tiladi. Ya’ni, muallif gapining egasi o`zlashtirma gapda ham ega vazifa- sida, muallif gapi kesimi – dedi esa aytdi so`zi bilan almashadi. Ko`chirma gapdagi to`ldiruvchi qaratqich aniqlov- chiga, qolgan bo`laklar vositasiz to`ldiruvchiga aylanadi.


Mashq va topshiriqlar bajarish:1-2-mashqlarni,2-topshiriqni shartiga ko`ra bajarish.
O`quvchilar bilimini baholash:Darsdagi faolliklariga ko`ra baholash.
Uyga vazifa: O’z orzularingiz haqida matn yarating.




sana


sinf
Mavzu: Orzular qanotida.
(Ko`chirma gapni o`zlashtirma gapga aylantirish).
2-dars
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga insonning orzulari bo`lishi, u insonning qanoti ekanligi haqida tushuncha berish.
Nutqiy faoliyat jarayonida ko`chirma gaplarni o`zlashtirma gaplarga aylantira bilishga o`rgatish.
Savodxonlik ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o`quvchilarning orzu inson uchun qanot ekanligi, orzugina odamlarni harakat qilishga, izlanishga, o`z ustida ishlashga da’vat etishi, ruhlantirishini tushuna olishiga, inson insondek yashashi lozimgini anglashga o`rgatish.

Download 130.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling