Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O`quvchilarning orzu inson uchun qanot ekanligi, orzugina odamlarni harakat qilishga, izlanishga, o`z ustida ishlashga da’vat etishi, ruhlantirishini tushuna olishiga, inson insondek yashashi lozimgini anglashga o`rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O`quvchilarning yozma va o`g`zaki nutqini o`stirish,lug`at boyligini oshirish.
Mavzu doirasida lug`at boyligini oshirish.
Mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.Interfaol.
Darsning joihozlanishi: Turli kasb egalari va ularning faoliyati bilan bog`liq turli rangli rasmlar, orzu haqidagi donolar (shoir, yozuvchi, faylasuf kabi) larning fikrlaridan namunalar, tarqatma materiallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: suhbat-brifing.
Dars rejasi:
Tashkiliy qism – 2 daqiqa.
Uyga vazifani so`rash – 5 daqiqa.
Yangi mavzu bayoni:Orzular qanotida – 10 daqiqa.
Grammatika – ko`chirma gaplarni o`zlashtirma gaplarga aylantirish – 5 daqiqa.
Mustahkamlash – 10 daqiqa.
Mashq va topshiriqlarni bajarish – 10 daqiqa.
O`quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa berish – 3 daqiqa.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Darsni tashkil etish. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligini hamda davomatni tekshirish.uyga berilgan vazifani tekshirish,tahlil qilish va baholash.
Yangi mavzuning bayoni:
Suhbat: “Orzular qanotida” mavzusi doirasida suhbat (bunda, darslikda berilgan 1-topshiriq asosida yoki jonli tarzda mustaqil ravishda savol-javob tashkil etish mumkin).
- Orzu nima?
…
Qanday orzularing bor?
…
Kelajakda kim bo`lishni orzu qilasan?
…
Orzularingizdan bittasi haqida gapirib bering?
…
Suhbat umumlashtiriladi va o`quvchilar o`z fikrlarini “Klaster” usulidan foydalanib, quyidagicha yozib chiqadilar:
“Bilib oling!”ruknidan foydalanib,o`zlashtirma gap haqida ma’lumot beriladi.
O`zgalarning gapini ba’zan o`zlashtirish yo`li bilan ham bayon etish mumkin.Bunda ko`chirma gap mazmuni saqlanib, shakli o`zgargan bo`ladi.O`galarning shaklan o`zlashtirilib beriladigan gapi o`zlashtirma gap deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |