Darsning rejasi:
Tashkiliy qism—2 daqiqa
Uy vazifasini so`rash—5 daqiqa
Yangi mavzu:Abu Rayhon beruniy—10 daqiqa
Grammatika:Sof ko`makchilar va ko`makchi vazifasida qo`llanadiga so`zlar—10 daqiqa
Mashq va topshiriqlar bajarish—10 daqiqa
O`quvchilar bilimini baholash,Uyga vazifa berish—3 daqiqa
Darsning borishi
Tashkiliy qism.Darsni tashkil etish.Davomatni tekshirish.O`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
Uy vazifasini so`rash.O`quvchilardan uy ishi “Zanjir”usulida tekshiriladi.Guruh- larda savol-javob tarzida ish olib boriladi.
O`quvchilarni dars mavzusi ,maqsadi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o`quv topshiriqlarini bajarishga yo`llash.
Zaminimizda yashab o`tgan allomalarimiz ibratli hayoti va faoliyati bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim…”
(I .Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari).
Yangi mavzuni o`rganish. Buyuk allomalarimiz haqida savol-javob o`tkazish orqali mavzuga kirish:
1.Qanday insonlarni allomalar deb ataydilar?
2.Bizning yurtimizdan qanday allomalar yetishib chiqqan?
3.Ular haqida nimalarni bilasiz?
4.Abu Rayhon Beruniy kim?
5.Nima uchun uni qomusiy olim deb ataydilar?
Grammatika:”Eslab qoling!”ruknidan foydalanib,sof ko`makchilar va ko`makchi vazifasida qo`llanadigan sozlar haqida ma’lumot berish.Misollar keltirish.
Eslab qoling!
Ko`makchilar mustaqil so`zlardan keyin kelib,ularni boshqa so`zlarga tobelay- digan yordamchi so`zlardir.Ko`makchi qaysi so`zdan keyin kelsa,o`sha so`z bilan birgalikda bir so`roqqa javob bo`ladi.Masalan: Men do`stim bilan kutubxonaga bordim.-(Kim bilan?-do`stim bilan,to`ldiruvchi).
Bilan,uchun,kabi,singari,sayin,orqali,qadar,oid,doir so`zlari faqat ko`makchi vazifasida keladi va sof ko`makchilar deb ataladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun 1-mashqdagi “Abu Rayhon Beruniy” matni ustida ishlanadi.Bunda “Charxpalak” usulidan foydalaniladi.Bu mashg`u- lotni o`tkazishdan maqsad o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish, erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish, bilimlarini og`zaki va yozma nutqda qo`llay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |