Darsning tarbiyaviy maqsadi: o`quvchilarning sportga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, sport turlari bilan shug`ullanishiga chorlash. “Sog`lom tanda – sog` aql” maqoliga rioya qilish. Tug`ilib o`sgan va yashayotgan yurtga sadoqat his – tuyg`ularini kuchaytirish, mehr – muruvvat, muhabbat uyg`otish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
- Bilim olishga qiziqtirish, mustaqil va tanqidiy fikirlash ko`nikmasini orttirish, ijodiy yondoshishni shakillantirish
- O`rganilgan mavzu asosida o`zaro muloqatga kirishish.
- O`rganilgan grammatik bilimlarni og`zaki va yozma nutqda to`g`ri qo`llash.
Dars turi:Mustahkamlovchi.Interfaol.
Darsning jihozlanishi: Darsliklar, daftarlar, rasmlar, tarqatma materiallar, test topshiriqlari, qo`shimcha adabiyot; she`rlar, qo`shiqlar, maqollar.
Darsda foydalanadigan tehnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish metodi).
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism – 2 daqiqa.
Uyga vazifasini so`rash – 5 daqiqa.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash – 25 daqiqa
Mashq va topshiriqlarni bajarish – 10 daqiqa
O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 3 daqiqa.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. O`quvchilar guruhlarga bo`linib oladilar, о`z guruhlariga nom qo`yadilar. Darsga tayyorgarlik ko`zdan kechiriladi.
Uy vazifasi tekshiriladi, o`quvchilar tuzib kelgan matnlarini o`qiydilar,o`qituvchi tahlil qiladi va baholaydi.
O`quvchilar uyga berilgan vazifaga javob berganlaridan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirib, ularning faoliyatini o`quv topshiriqlarini bajarishga yo`l1aydi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Guruhlarga O`zbekiston sporti mavzusida rasmlar beriladi.
Uch guruhga O`zbekiston sporti mavzusida uch xil rasm tayyorlab qo`yiladi. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib xohlagan rasmlarini tanlab oladilar.
O`tkazish usuli: Har bir guruh berilgan rasmlar asosida 2-3ta diolog tuzadi .
Muhokama: Har bir guruh o`zi bajargan ishni taqdim etadi.O`qituvchi guruhlar ishini tahlil qilish jarayonida o`tilgan mavzuni mustahkamlab boradi, o`quvchilar bilimi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |